Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə11/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi
Reja:
  1. Korporativ moliyaviy munosabatlarning tasniflanishi.


  2. Korporativ tuzilmalarning davlat bilan moliyaviy munosabatlari.


  3. Moliya bozori institutlari bilan moliyaviy munosabatlar.


  4. Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosabatlar.


  5. Ijtimoiy infratuzilma institutlari bilan munosabatlar: kadrlar tayyorlar bilan bog‘liq munosabatlar.



1-savol bayoni. Moliya tizimining aynan korporativ moliya sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim. Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Chunki tashqi savdo munosabatlarida aynan davlatlar bilan bir qatorda korporativ tuzilmalar ham faol ishtirok etadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish orqali yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish hamda moddiy farovonligini oshirish hisoblanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday subekti sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Umuman bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.


Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablag‘larining subektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatni yuzaga kelishning asosiy shartidir. Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot”1ni anglatadi. Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlari sifatida aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni keltirishimiz mumkin. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etadi2.
Yuqoridagi fikrlardan ta’kidlashimiz mumkinki, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayish tendensiyasiga ega. Buni samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin. Bugungi kunda (2019 yil oktabr holatiga) 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmoqda.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin