3-rasm. Davlatning korporativ tuzilmalar bilan munosabatlari
4-rasm. Korporativ tuzilmalarning davlat bilan munosabatlari
Bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlarini kengaytirib borishlari natijasida vakolatxonalar, sho‘ba korxonalar, filiallar tashkil etishga e’tibor qaratadilar. Bunday tarkibiy bo‘linmalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar ham korporativ moliyaviy munosabatlarda foydani maksimallashtirib borish hamda mulkdorlar moddiy farovonligini oshirib borish nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qiladi.
Bizga ma’lumki, milliy amaliyotda korporativ tuzilmalarning, ayniqsa aksiyadorlik jamiyatlarining yuqori turuvchi tashkilotlar (xo‘jalik birlashmalari, xoldinglar, kompaniyalar, uyushmalar, konsernlar va hokazo) bilan bevosita bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatishi keng qo‘llaniladi. Bunda xoldinglar aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketiga bevosita egalik qiladi va natijada moliyaviy qarorlar qabul qilish bevosita xolding qarori asosida tashkil etiladi.
3-savol bayoni. Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha subektlarni o‘z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bo‘lishi darkor”.
5-rasm. Korporativ munosabatlarning moliya bozori institutlari bilan munosabatlari
Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra “Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek, sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”. Shundan kelib chiqqan holda sug‘urta kompaniyalari korporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion institut ham hisoblanadi va moliya bozori orqali korporativ tuzilmalarga investitsiya kiritadi.
Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularni joylashtirish fond birjalari orqali amalga oshiriladi. Bunda investorlar bevosita fond birjalarida joylashtirilgan korporativ qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish orqali korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan tashqari fond birjasi ham aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
Shu o‘rinda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan fond bozori orqali aksiyalar muomalasi tashkil etilganligi, shuningdek, tor doirada korporativ obligatsiyalar muomalasi mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2017 yil 1 yanvar holatiga 30463,5 milliard so‘mlik aksiyalar muomalaga chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin (1-jadval).
1-jadval
Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
№
|
Hududlar
|
Aksiyadorlik jamiyatlari
|
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hajmi
|
Soni
|
Jamiga nisbatan foizda
|
Milliard so‘mda
|
Jamiga nisbatan foizda
|
1
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
22
|
3,34
|
70,6
|
0,2
|
2
|
Andijon
|
43
|
6,53
|
662,9
|
2,2
|
3
|
Buxoro
|
38
|
5,77
|
124,1
|
0,4
|
4
|
Jizzax
|
18
|
2,73
|
306,8
|
1,0
|
5
|
Qashqadaryo
|
47
|
7,13
|
181,5
|
0,6
|
6
|
Navoiy
|
22
|
3,34
|
833,5
|
2,7
|
7
|
Namangan
|
29
|
4,40
|
151,4
|
0,5
|
8
|
Samarqand
|
32
|
4,86
|
90,8
|
0,3
|
9
|
Surxondaryo
|
23
|
3,49
|
54,4
|
0,2
|
10
|
Sirdaryo
|
17
|
2,58
|
172,2
|
0,6
|
11
|
Toshkent viloyati
|
49
|
7,44
|
1110,5
|
3,6
|
12
|
Farg‘ona
|
46
|
6,98
|
435,8
|
1,4
|
13
|
Xorazm
|
29
|
4,40
|
79,9
|
0,3
|
14
|
Toshkent shahri
|
244
|
37,03
|
26189,3
|
86,0
|
|
Jami
|
659
|
100,0
|
30463,5
|
100,0
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan. Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtai nazaridan investitsiya institutlari, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosa batlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”.
Keltirilayotgan ta’rifdan ham ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, “aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subektlar va davlat unitar korxonalari, fond va tovar birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak”. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishga majbur.
Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.
4-savol bayoni. Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar o‘z-o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo‘yilgan maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish uchun xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |