Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə21/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Jamg‘aruvchilar - bu о‘zida pul mablag‘larini tо‘plagan va о‘z jamg‘armalarini turli moliya-kredit institutlari (pensiya fondi, sug‘urta tashkilotlari, banklar) orqali investitsiyalashni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslardir.
Foydalanuvchilar (investorlar) - jalb qilingan pul mablag‘larini biror faoliyatga (ishlab chiqarishni kengaytirish, davlat xarajatlarini qoplash) safarbar qiluvchi xо‘jalik yurituvchi subyektlar yoki davlat xokimiyati organlaridir.
Moliyaviy bozor samarali amal qilishi uchun mamlakatda quyidagilar mavjud bо‘lishi va shakllangan bо‘lishi lozim:
1. Real mustakillikka ega bо‘lgan mulkdorlarning mavjud bо‘lishi. Xaqiqiy mustaqillikka ega bо‘lgan mulkdorlargina moliyaviy bozorda faoliyat kо‘rsatib, moliyaviy resurslarga talabni tashkil qiladilar va ularni turli xarajatlarga samarali investitsiyalashni ta’minlaydilar.
2. Moliyaviy bozorning samarali amal qilishi uchun mamlakatda tegishli xuquqiy asos yaratilgan bо‘lishi lozim.
Moliyaviy bozorning ahamiyati quyidagilardan iborat;
  • birinchidan, ortikcha pul mablag‘larini (ishlab chiqarish quvvatini oshirishga) tez va qisqa muddatlarda investitsiyalash imkonini beradi.


  • ikkinchidan, moliyaviy bozor orqali investorlarga maksimal foyda olishni ta’minlovchi korxona va tarmoqlarning rivojlanishi osonlashadi.


  • uchinchidan, moliyaviy bozor orqali kapitallarning u tarmoqdan bu tarmoqqa oqib о‘tishi fan-texnika dasturlariga, fan-texnika yutuqlarini tez tatbiq, etishga yordam beradi.


  • tо‘rtinchidan, moliyaviy bozor byudjet kamomadini sivilizatsiyalashgan usulda qoplash imkonini yaratadi.


Bozor iqtisodiyotining asosiy maqsadlaridan biri daromad (foyda) olish ekanligi, xar qanday faoliyat sarmoyani kо‘paytirish soxasidagi yoki shunday bо‘lishi shartligi sababli va shu nuqtai nazardan olganda xar qanday bozor ayni vaqtda sarmoyalarni qо‘yish uchun bozor xamdir.


Xullas, sarmoyani kо‘yishgina mumkin bо‘lgan bozorlarni (birlamchi bozorlar) va ushbu sarmoyalar jamg‘ariladigan, jamlanadigan, markazlashtiriladigan va oxir-oqibatda birlamchi bozorlarga qо‘yiladigan moliya bozorlarini farqlash kerak. Moliya bozorlari, ular yana sarmoyalar bozorlari deb xam nomlanadi - pul mablag‘larining birlamchi egalari bilan ularning pirovard foydalanuvchilari о‘rtasidagi vositachilar bozoridir.
Qimmatli qog‘ozlarning barchasi pul sarmoyalaridan kelib chiqmaganligi sababli qimmatli qog‘ozlar bozori tо‘liq xajmda moliya bozoriga kiritilishi mumkin emas. Qimmatliqog‘ozlar bozorining sarmoya sifatida pulga asoslanadigan qismi fond bozori deb nomlanadi va shu sifatda moliya bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fond bozori qimmatli qog‘ozlar bozorining katta qismini tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining qolgan qismi о‘zining nisbatan kichik xajmlari tufayli maxsus nomni olmadi, shu sababli kо‘pincha qimmatli qog‘ozlar bozori bilan fond bozori tushunchalarini bitta narsa deb hisoblanadi. Bundan keyin qimmatli qog‘ozlar bozorining ikkinchi qismini pul va tovar qimmatli qog‘ozlari bozori yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar bozori deb nomlaymiz.
Qimmatli qog‘ozlar bozori joyini ikki nuqtai nazardan turib; turli manbalardan pul mablag‘larini jalb etish xajmlari nuqtai nazaridan va о‘zining pul mablag‘larini biror bir bozorga qо‘yish nuqtai nazaridan baxolash mumkin.
Pul mablag‘larini jalb etish ichki va tashqi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Ichki manbalarga odatda amortizatsiya va olingan foyda kiritiladi. Qimmatliqog‘ozlarni chiqarishdan olingan mablag‘lar va bank ssudalari tashqi manbalar hisoblanadi.
Umuman jaxon xamjamiyatida, tabiiyki, ichki manbalar ustun turadi zero, tashki manbalar ichki manbalarni qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi. О‘rtacha olganda rivojlangan mamlakatlarda ichki manbalar jalb qilingan mablag‘larning 75%ga qadarini tashkil etadi, bank ssudalari va qimmatli qog‘ozlarga tegishlicha 5 va 20% tо‘g‘ri keladi.
Sanab о‘tilgan sarmoya qо‘yish bozorlari о‘rtasida mablag‘lar xarakati kо‘p omillarga bog‘liq xolda yuz beradi, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
  • bozorning daromad keltirish darajasi;


  • bozorni soliqqa tortish shartlari;


• sarmoyani boy berish yoki kutilayotgan daromadni oxirigacha olmaslik xatari darajasi;


• investor uchun bozor va qulaylikni tashkil etish, bozorga tez kirish va undan chiqish imkoniyati, xabardorlik darajasi va x.k.
Moliya bozorining funksiyalari-umumbozor funksiyalar va uni boshqa bozorlardan farqlab turadigan о‘ziga xos funksiyalar. Umumbozor funksiyalariga quyidagilar kiradi:
  • tijorat funksiyasi, ya’ni mazkur bozordagi operatsiyalardan muayyan daromad olinishi;


  • narx funksiyasi, u bozor narxlarining shakllanish jarayoni, ularning doimiy xarakati va xokazolarni ta’minlaydi;


  • axborot funksiyasi, ya’ni bozor о‘z ishtirokchilariga savdo obyektlari va uning ishtirokchilari tо‘g‘risidagi bozor axborotini yetkazadi;


  • tartibga solish funksiyasi, ya’ni bozor savdo-sotiq va unda ishtirok etish qoidalari, ishtirokchilar о‘rtasida nizolarni xal etish tartibini barpo etadi, ustun jixatlarni, nazorat qilish;


  • qayta taqsimlash funksiyasi;


  • narx va moliya xatarlarini sug‘urtalash funksiyasi.


2-savol bayoni. Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligi mulk huquqini о‘tkazish va yangi aksiyalar paketini emissiya qilish yordamida qо‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligida namoyon bо‘ladi. Bu ikkala afzallik moliya bozori orqali amalga oshiriladi va industrial rivojlangan davlatlarda korporativ moliyalashtirish amaliyotida muhim rol о‘ynaydi. Moliya bozori moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog‘ozlar) yordamida pul mablag‘lari oqimlarini investorlardan foydalanuvchilarga (qarz oluvchilarga) yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari majmuini о‘zida ifodalaydi. Moliya bozori xilma-xillikka ega, lekin ularning oldi-sotdi predmeti bitta – turli xil shakllarda taqdim etiladigan pul hisoblanadi. Moliya bozori tarkibiga eng muhim uchta segment kiritiladi:

- naqd pul va о‘xshash funksiyalarni bajaruvchi qisqa muddatli tо‘lov vositasi sifatida bir yilgacha muddatda muomalada bо‘ladigan vositalar (cheklar, solo-veksellar, akkreditivlar va boshqalar) bozori;
- ssuda kapitali bozori, ya’ni uzoq va qisqa muddatli kreditlar bozori – kredit bozori;
- qimmatli qog‘ozlar bozori – fond bozori.
Kо‘pincha, moliya bozori ikkita segmentga pul bozori va kapital bozoriga bо‘linadi.
Moliya bozori amal qilishining obyektiv zarurligini xо‘jalik subyektlarining pul mablag‘lariga bо‘lgan talab va bu talabni qoplash uchun manbalarning har doim ham mos tushavermasligi bilan izohlash mumkin. Amaliyotda bо‘sh pul mablag‘lari kapital egasi (investor) qо‘lida bо‘lsa, bozorning boshqa bir subyekti, ya’ni emitentda pul mablag‘lariga bо‘lgan talab yuzaga keladi. Bо‘sh pul mablag‘larini vaqtinchalik qayta taqsimlash uchun moliya bozoridan foydalaniladi. Moliya bozorining funksional vazifasi pul mablag‘larini egasidan (investordan) foydalanuvchiga tomon harakatlantirishda vositachi sifatida ishtiroki bilan belgilanadi.
Kelgusida yuqori daromadli moliyaviy aktivlarga investitsiyalash uchun bо‘sh pul mablag‘larini о‘zida jamlagan yuridik va jismoniy shaxslar kapital egalari, ya’ni investorlar sifatida moliya bozoriga chiqadi. Yakka tartibdagi alohida shaxslar (uy xо‘jaligi) bevosita (yakka tartibda) yoki moliyaviy vositachilar (moliya-kredit institutlari) orqali о‘zlarining jamg‘armalarini qо‘yilma sifatida amalga oshiradi.
Qо‘shimcha foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatining turli obyektlariga pul mablag‘larini moliya bozoridan oladigan korporativ tuzilmalar mablag‘larni jalb qiluvchilar hisoblanadi.
Moliya bozorining amaldagi faoliyati iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyati natijalariga javobgar va tо‘la xо‘jalik mustaqilligiga ega bо‘lgan real mulkdorlarning mavjudligi bilan chambarchas bog‘liq. Faqatgina ana shunday mulkdorlarning mustaqilligi moliya bozorida tijorat bitimlarini tuzish va moliya bozori instrumentlarini pulga almashtirishga talab yuzaga kelishiga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlarda institusional mulkdorlar sifatida aksiyadorlik kompaniyalari qatnashadi. Aksiyadorlik kompaniyalari va moliya bozori о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir mexanizmini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (2-chizma).
2-chizma. Korporatsiyalar va moliya bozori о‘rtasidagi pul oqimlari

Moliya bozori boshqa har qanday bozor kabi sotuvchi va xaridorni uchrashtirish joyi hisoblanadi. Moliya bozorida qarz majburiyatlarini ifodalovchi obligatsiyalar va ulush munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar aksiyalar sotiladi va sotib olinadi. Lekin, sotiladigan qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish, sotuvchilari va xaridorlariga kо‘ra ham о‘zaro farqlanishi mumkin.


Moliya bozorida qimmatli qog‘ozlari bozori birlamchi va ikkilamchi bо‘lishi mumkin.
“Birlamchi bozor” atamasi davlat yoki korporatsiya tomonidan qimmatli qog‘ozlarni birlamchi savdosini anglatadi. Ikkilamchi bozor esa dastlabki realizatsiyadan keyin moliyaviy instrumentlar qayta oldi-sotdi qilinadigan bozor hisoblanadi. Aksiyalar korporatsiyalar tomonidan muomalaga chiqariladi. Qarz munosabatli qimmatli qog‘ozlar esa korporatsiyalardan tashqari davlat tomonidan ham emissiya qilinadi.
3-savol bayoni. Moliya bozorining tarkibiy qismi hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa bozor turlaridan о‘z tovarlari xususiyati bilan ajralib turadi. Chunki qimmatli qog‘oz – alohida maxsus xususiyatga ega bо‘lgan tovar hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bir vaqtning о‘zida mulkka egalik qilish va daromad olish tituli sifatida xizmat qiladi. Qimmatli qog‘ozlar tovar sifatida о‘z nominal bahosiga ega bо‘lishiga qaramasdan, yuqori bozor bahosi bо‘yicha sotilishi mumkin. Bu holatni qimmatli qog‘ozlarning sanoatga yoki boshqa sohalarga joylashtirilgan kapital bir qismi ekanligidan kelib chiqadi.

Agar qimmatli qog‘ozga bozor talabi taklifdan yuqori bо‘lsa, о‘z-о‘zidan bozor qiymati nominal qiymatidan yuqori bо‘ladi. Qimmatli qog‘oz bо‘yicha bozor bahosining uning nominalidan keskin darajada farq qilishi soxta kapital yuzaga kelishiga sabab bо‘ladi. Soxta kapital real kapitalning qog‘ozdagi egizagi hisoblanadi.


Soxta kapital bahosi quyidagi ikki omil orqali aniqlanadi:
1. Kapitalga talab va taklif о‘rtasidagi nisbat;
2. Emissiya qilingan qimmatli qog‘oz bо‘yicha kapitallashgan daromad miqdori.
Fond bozorida real amal qiluvchi kapital (pul va ssuda) bozori sifatida amal qiladi. Makrodarajada uning yordamida milliy xо‘jalikdagi iqtisodiy jarayonlar о‘z-о‘zidan tartibga solinadi. Bunga kapitalni investitsiyalash jarayonini keltirish mumkin. Mazkur jarayon kam daromadli tarmoqlardan yuqori daromadli tarmoqlarga kapital о‘tishini anglatadi. Natijada investitsiyalangan kapital bо‘yicha foyda miqdorini taqqoslash yuz beradi. Kapitalning bunday harakat mexanizmi kо‘pchilikka ma’lum. YA’ni ma’lum bir tovarga talab oshsa mos ravishda ularning narxlari va ularni ishlab chiqarishdan foyda ham oshadi. Yangi texnologiyalar asosida faoliyat kо‘rsatuvchi tarmoqda kapital kam samara bilan ishlovchi xо‘jalik tarmog‘idan yо‘naltiriladi. Bunda qimmatli qog‘ozlar mazkur mexanizmning ishlashini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Ular yordamida kompaniyalarda va jismoniy shaxslarda bо‘sh kapital jamlanadi va moliyaviy instrumentlar oldi-sotdisi orqali zaruriy yо‘nalishlarga yо‘naltiriladi. Natijada ijtimoiy ishlab chiqarishning optimal tuzilmasi shakllanadi va defitsitsiz iqtisodiyot amal qilishiga zamin yaratiladi. Mazkur holatda ijtimoiy ishlab chiqarish tushunchasi yalpi talabga mos tovar va xizmatlar yetkazib berishni nazarda tutadi.
Amaliyotda investorlar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga talab quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:
- daromadlilik – dividend, foiz va kurs о‘sishi kabi shakllarda daromad keltirish imkoniyati;
- risk darajasi – ma’lum bir darajada moliyaviy yо‘qotishlar keltirish ehtimoli;
- likvidlilik – qimmatli qog‘ozlar evaziga pul mablag‘lari olish imkoniyati.
Investor о‘z kapitalini joylashtirish variantlari (о‘z mablag‘larini bank depozitiga joylashtirish, tovar yoki kо‘chmas mulk sotib olish va boshqalar)ni yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olgan holda о‘zaro taqqoslaydi.
Bunda moliyalashtirish jarayonida narx shakllanish omillarini shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin:
- obyektiv omillar;
- spekulyativ omillar;
- subyektiv omillar.
Obyektiv omillar moliya bozorining makro va mikrodarajasida kо‘zga tashlanadi. Makroiqtisodiy omillar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanish istiqbollari;
- yalpi ichki mahsulot tarkibida jamg‘arma va iste’mol ulushlarining о‘zaro nisbati;
- davlat qarzi miqdori va uning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i;
- kompaniyalar zimmasiga tushayotgan soliq yuki va ssuda foiz stavkasi;
- mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
- barqaror xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyuta kursi;
- faoliyatni rivojlantirish maqsadida korporativ tuzilmalar tomonidan mablag‘ jalb qilish uchun emission qimmatli qog‘ozlardan foydalanish darajasi.
Korporativ qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish hisobiga jalb qilinadigan real kapitaldan foydalanishga obyektiv mikroiqtisodiy omillar ham bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bunday omillarga asosiy kapitalni yangilash darajasi, kompaniyalar moliyaviy barqarorligi va tо‘lovga layoqatliligi, daromadlilik darajasi, tarmoqning istiqbolliligi va boshqalarni kiritish mumkin.
Spekulyativ (bozor) omillari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- qimmatli qog‘ozlar savdosining aniq bir “dasturga” asoslanganligi;
- fond bozorida qisqa yakunlovchi pozitsiya holati;
- korporativ tuzilmalarning о‘z aksiyalarini sotib olishi.
Spekulyativ omillarning har biriga tо‘xtalib о‘tamiz. Qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha aniq dasturiy savdo fyuchers shartnomalari asosida aksiyalar kurslari о‘rtasida farqdan foyda olish imkoniyatini belgilab beradi. Mazkur omil aksiyalarning birja orqali savdosida qо‘shimcha beqarorlikka olib keladi. Dasturiy savdo amalda boshqa barcha omillarga ham ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bunday holat aksiyalar bozor bahosining ular haqiqiy bahosiga nisbatan yuqori darajada oshgan vaqtda birja savdolarida yuzaga keladi va aksiyaga talabning pasayishiga xizmat qiladi. Voqeaning bunday rivojlanishi kutilmaganda birja inqiroziga olib keladi. Qisqa muddatli bunday pozitsiya о‘z muddatida sotilgan aksiyalarning umumiy miqdorini о‘zida aks ettiradi. Agar bu kо‘rsatkich yuqori bо‘lib ketgan bо‘lsa, bu holat kо‘plab investorlar bir vaqtning о‘zida aksiyalar kursi pasayishiga о‘ynashidan kelib chiqishini anglatadi. Bunday holatning yuzaga kelishi emission qimmatli qog‘ozlarning birja savdosida qо‘shimcha beqarorlikka sabab bо‘ladi. Korporativ tuzilmalarning о‘z aksiyalarini sotib olishi boshqa kompaniyalar bidan birlashib ketishi mumkinligi sharoitida о‘z moliyaviy holatini yaxshilashga intilishi yoki ta’sischilarning aksiyalar nazorat paketi orqali о‘z ta’sir kо‘lamini mustahkamlashni hohlashiga guvohlik beradi. Har qanday holatda mazkur omil aksiyalar kursiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Subyektiv omillar ham xilma-xillikka ega. Ularni shartli ravishda quyidagilar bilan bog‘liq holda uchta guruhga ajratish mumkin:
- moliya bozori faoliyat kо‘rsatishining texnik jihatlari;
- korporativ qimmatli qog‘ozlarni moliyaviy tahlil qilish metodlari (fundamental va texnik tahlil);
- yetakchi moliyaviy menejerlar (direktorlar) va kompaniyalar, fond birjalari, yirik banklar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa institusional ishtirokchilari pozitsiyalari va yondashuvlari.
Bunday holatda, kapital qо‘yilmalarni moliyalashtirish jarayonida emission qimmatli qog‘ozlar kurs qiymati dinamikasiga, ularning daromadliligi, xavfsizligi va likvidliligiga ta’sir etuvchi ham obyektiv, ham subyektiv omillarni hisobga olish lozim. Hattoki iqtisodiyotni va korporativ qimmatli qog‘ozlar kursi bо‘yicha birja operatsiyalarini davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham moliya bozoridagi holatni tahlil qilish va baholash uchun muhim kо‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
4-savol bayoni. Moliya bozori davlat tomonidan boshqaruv obyekti bо‘lib hisoblanadi. Boshqaruv obyekti sifatida moliya bozori quyidagi parametrlarga kо‘ra tavsiflanadi:

- bozor sig‘imi va konyukturasi;


- moliyaviy instrumentlar bо‘yicha balanslashtirilgan talab va taklif;
- qimmatli qog‘ozlar realizatsiyasi shartlari;
- qimmatli qog‘ozlarning daromadliligi va moliyaviy risk darajasi.
Moliya bozori sig‘imi tushunchasi aniq bir turdagi qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha ularga bо‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda mumkin bо‘lgan yillik (oylik) savdo kо‘lamini anglatadi. Moliya bozoridagi holat ijobiy va salbiy holatlarga ajratiladi. Mamlakatimizda moliyaviy aktivlarga talab ularga bо‘lgan taklifga nisbatan sezilarli darajada past. Moliya bozorida konyukturaning о‘zgarishi moliyaviy instrumentlar bozor bahosi о‘zgarishida namoyon bо‘ladi. Moliya bozorining barqaror rivojlanishi moliyaviy aktivlarga talab va taklif о‘rtasidagi nisbatning tо‘g‘ri о‘rnatilishi, ya’ni balanslilikni talab qiladi. Shunda moliyaviy instrumentlar barqaror va real baholarda sotiladi va sotib olinadi.
Moliya bozorida ham talab va taklif doimiy ravishda о‘sib borishi lozim. Bu jihat moliyaviy aktivlarga bо‘lgan talabning qanoatlantirilishi bilan bir vaqtning о‘zida taklif qilinadigan moliyaviy instrumentlarning bozorda erkin sotilishini ta’minlaydi. Rivojlangan bozorda moliyaviy aktivlar kо‘plab sanoat tovarlariga nisbatan aksariyat holatlarda yuqori likvidli hisoblanadi. Ularni qimmatli qog‘ozlar kursi kо‘tarilishi yoki pasayishiga qarab qulay sharoitdan foydalangan holda bir onda sotish yoki sotib olish mumkin. Shuning uchun moliya bozorining biror bir subyekti qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida (muddatli shartnomalar – opsionlar, fyucherslar vositasida) qatnashishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarning daromadliligi va risk darajasi о‘rtasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqlik amal qiladi. YA’ni yuqori riskli qimmatli qog‘ozlar (masalan yangi tashkil etilgan kompaniya aksiyalari) bо‘yicha yuqori daromad ham taklif etiladi.
Moliya bozori nisbatan mustaqil segmentlar tizimini о‘zida aks ettiradi. Masalan, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori, davlat qarz majburiyatlari bozori, hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar yoki derivativlar) bozori va boshqalar.
Qamroviga kо‘ra moliya bozorlarini xalqaro va ichki moliya bozorlariga bо‘lish mumkin. О‘z navbatida, ichki moliyaviy bozor moliyaviy markazlar (fond birjalari, yirik banklar, moliyaviy kompaniyalar va boshqalar)dan tashkil topgan regional bozorlarga ham bо‘linadi. Ayrim mamlakatlar regional moliya bozorlarida regional (munitsipal) majburiyatni ifodalovchi obligatsiyalar ham muomalada bо‘lishi mumkin.
Ichki moliya bozorlarda tovar sifatida quyidagilar namoyon bо‘ladi:
- qimmatli qog‘ozlar – emission va tijorat qimmatli qog‘ozlari;
- sug‘urta kompaniyalari, nodavlat pensiya fondlari va boshqa moliyaviy vositachilar qat’iy majburiyatlarini о‘zida aks ettiruvchi qimmatli qog‘ozlar;
- valyuta qimmatliklari (xorijiy valyutalar va xorijiy valyutada aks ettirilgan qimmatli qog‘ozlar);
- qimmatbaho metallar va toshlar;
- pullar (milliy banknotalar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari).
Moliya bozoridan korporativ guruhlar tomonidan jalb qilingan pul mablag‘lari quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- aksiyalarni birlamchi joylashtirishdan olinadigan pul mablag‘lari ta’sis hujjatlarida kо‘rsatilgan ustav kapitalini shakllantirish manbasi bо‘lib xizmat qiladi;
- aksiyalar qо‘shimcha emissiyasidan tushadigan pul mablag‘lari ustav kapitalini oshirishga yо‘naltiriladi;
- korporativ obligatsiyalarni sotishdan olinadigan pul mablag‘lari real aktivlar (kapital qо‘yilmalar)ni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin;
- aksiyadorlik jamiyati emission daromadi qо‘shimcha kapitalni tо‘ldirish manbasi bо‘lib xizmat qiladi;
- tijorat veksellari hamkorlar bilan о‘zaro munosabatlarda tо‘lov vositasi sifatida ishtirok etadi.
Umuman, moliyaviy bozorlar orqali korporatsiyalarning mablag‘lar jalb qilishi ularning moliyaviy barqarorligi va tо‘lovga layoqatliligini oshiradi, shuningdek, iqtisodiy о‘sish uchun moliyaviy asos bо‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin