Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
uchinchidan, korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob- uskuna yetkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgiiangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
oltinchidan, korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3305-sonli Farmoniga asosan «o‘rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes subektlari hisoblanadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha villik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji. chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: engil va oziq-ovqat sanoati. metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida- 100 kishidan;
mashinasozlik. metallurgiya, yoqilg‘i-yenergetika va kimyo sanoati. qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan;
fan. ilmiy xizmat ko‘rsatish. transport, aloqa. xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida - 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
Yirik korxonalar tarkibiga ishlovchilar soni 500 va undan ortiq kishini tashkil qiluvchi korxonalarni kiritish mumkin.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi — qo‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan. muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlariga yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo‘lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin