Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org
mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va nodavlat (xususiy, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, chet el korxonalari, aralash shakldagi va boshqalar);
tarmoq belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo va boshqalar;
ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, mikrofirmalar, kichik va yirik korxonalar;
faoliyat miqyosiga ko‘ra, xalqaro (boshqa davlatlarda filiallarga ega bo‘lgan), mamlakat miqyosida faoliyat yurituvchi, lokal, ya’ni bir aholi punktida faoliyat yurituvchi korxonalar;
faoliyat yuritish muddatiga ko‘ra uzluksiz, mavsumiy va uzlukli;
xo‘jalik yuritish shakllariga ko‘ra korxonalar shaxsiy xamkorlikda faoliyat olib boruvchi (1 kishi yoki oila), mas’uliyati cheklangan, aksionerlik jamiyatlari va boshqa shakldagi;
faoliyat maqsadlariga ko‘ra foyda olishni maqsad qilib qo‘ygan ishlab chiqarish, tijorat va boshqa korxonalar hamda foyda olish emas. balki ijtimoiy samarani-homiylik, xayriya, beg‘araz yordamni maqsad qilib qo‘ygan korxonalarga bo‘linadi.
ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin.
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi.
Biroq ushbu belgilardan qat’iy nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi tashkilot va bu tashkilotning nomi, Nizom jamg‘armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari. korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari. tuzilmaviy bo‘linmalar ro‘yxati. hisobot tartibi va hokazolar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funksiyalari belgilangan bo‘lsa. uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar. pul mablag‘lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg‘armasiga tayanadi. Nizom jamg‘armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar-davlat, huquqiy va jismoniy (rezident va norezident) shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun birinchi o‘rinda quyidagi hifjjatlar ahamiyatga ega bo‘ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to‘laganlik haqida kvitansiya va boshqalar.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan malum xususiyatlarga ega: birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliiigini ta’minlaydi;