Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti muhandislik texnologiyasi fakulteti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Texnologik nuqtai nazardan yog‘li urug‘lar ikki qismdan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#47706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KUNIGA 150 TONNA SOYA MOYINI UZLUKSIZ USULDA RAFINATSIYALASH LINIYASINI LOYIHALSH DILAFRUZ OPANI TO'LIQ VARIANTI

Texnologik nuqtai nazardan yog‘li urug‘lar ikki qismdan: mag‘iz va qobiqda iborat. Ba’zi yog‘li urug‘lar masalan, paxta chigiti, kanop, kanakunjut va shunga o‘xshashlar faqatgina urug‘lik ustida qobig‘i bo‘ladi, ba’zi bir moyli urug‘lar masalan, pista, er yong‘oq, soya va shu kabi urug‘ ustidagi qobiqdan tashqari mag‘iz ustida yupqa urug‘ pardasiga ham ega bo‘ladi. Qaysi turdagi urug‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar barcha moyli urug‘larning ustki qobig‘i luzga deb ataladi, faqat paxta chigitning qobig‘i sheluxa deb nomlanadi. Agarda moyli urug‘lar qobig‘i ajratilmay qayta ishlansa, bu holda olinayotgan o‘simlik moyi tarkibida qobiq tarkibida bo‘lgan yuqori malekulali uglevodlar, mum moddalar ko‘payadi. Bu hol olinayotgan o‘simlik moyini sifatini buzilishiga va aynan kislota soni oshishiga, rangining yuqorilab ketishiga hamda moyning loyiqalanishiga olib keladi. Ulardan tashqari qobiq ajratilmagan xolda urug‘lik qayta ishlansa, texnologik jarayonda qo‘llanilayotgan mashinalarning bir qism mahsuldorligi moyi nihoyatda kam bo‘lgan qobiqni yanchish, presslash, ekstraksiya qilish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi. Umuman olganda butun sexning maxsuldorligi susayadi. Lekin, soya urug‘ining qobig‘i va mag‘iz qobig‘i umumiy massaning kam qismini tashkil etganligi tufayli po‘chog‘i chaqilmasdan qayta ishlanishi mumkin.O‘simlik yog‘larida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi, bular

yog‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislotalarining bo‘lishi yog‘ sifatini yomonlashtiradi, oziqaviy qiymatini kamaytiradi. Yuqori haroratda erkin yog‘

kislotalari apparatlarning korroziyalanishiga olib keladi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog‘larning kislota soni 0,2-0,3 mg KOH dan oshmasligi kerak.

Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin