Neytrallashdagi chiqindilar.
Neytralizatsiya jarayonining samara-dorligi neytral yog‘ sifatiga va chiqindi miqdoriga bog‘liq. Chiqindi, bu soapstok bilan birga ajrab chiqadigan yog‘li moddalar bo‘lib, ulardan yog‘ni qayta ishlash sanoatida xomashyo sifatida foydalaniladi. Texnologlarning asosiy vazifasi shu chiqindilar miqdorini kamaytirishdir. Soapstokdagi yog‘, undagi yog‘ kislotalari bilan neytral yog‘larning yig‘indisidir.
3.Texnologik sxemani tanlash va asoslash.
Gidratatsiya texnologiyasi.
Gidratatsiya texnologiyasi quyidagi etaplardan iborat:
1. Yog‘ning gidratatsiyalanuvchi agent bilan aralashtirish.
2. Fosfatidlarning koagulyasiya jarayonini borishi uchun yog‘-suv aralashmasini ushlab turish.
3. Gidratlangan yog‘ va fosfatid emulsiya fazalarini ajratish.
4. Yog‘ni quritish, fosfatid emulsiyalarini quritish va fosfatid konsentratini
olish va qadoqlash.
Gidratatsiyalovchi agent miqdori, fosfatidning miqdori, uning tarkibi, strukturasiga bog‘liq va u 0,5 % dan 6 % gacha o‘zgaradi. Suvning kamligi
tugallanmagan gidratatsiyaga olib kelsa, suvning ko‘pligi esa emulsiya hosil qiladi. Gidratatsiya jarayonida yog‘ning kislota soni 0,4-0.5 mg KOH (nordon
fosfatidlarning ajralish xisobiga) kamayadi, fosfatidlar bilan bir katorda oqsillar va shilimshiq moddalar ham ajraladi. Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlarga fosfat va polifosfat kislotalari, fosfatidilserinlar va ularning (Ca2+,Mg2+,Na+ ) metallari bilan tuzlari kiradi. Shu bilan birga fosfatid, polifosfatid kislotalarining sterollar va alifatik spirtlar bilan birikmalari ham kiradi. Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlarning qutblanishi gidratatsiya-lanadigan fosfatidlarni qutblanishiga qaraganda past bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |