OKSIDLANISH – QAYTARILISH REAKSIYALARIGA OID TAJRIBALAR. 1 – tajriba. Misni uning tuzidan temir yordamida siqib chiqarish. Kerakli moddalar: mis sulfat eritmasi, temirdan yasalgan mix.
Kerakli jihozlar: probirka, jilvir qog’oz .
Ishning bajarilishi: Buning uchun temirdan yasalgan mix sirtini jilvir qog’oz bilan tozalang. So’ngra uni 5 – 10 minut davomida mis sulfat eritmasiga tushurib quying. Qanday o’zgarish borishini kuzatib, qilingan ishning reaksiya tenglamasini ionli va molekulyar holatda yozing.
2 – tajriba. Kaliy sulfitning kaliy permanganat bilan oksidlanishi. Kerakli moddalar: kaliy sulfit eritmasi, sulfat kislota, kaliy permanganat
Kerakli jihozlar: probirka.
Ishning bajarilishi: Bu tajribani bajarish uchun toza probirkada kaliy sulfit eritmasidan 10 ml olib, uning ustiga suyultirilgan sulfat kislotadan 2 ml ga yaqin quyib kislotali muhit hosil qiling. So’ng kaliy permanganat eritmasidan ozroq quying. Eritma rangining o’zgarishiga e‘tibor berganingiz holda qilingan ishning reaksiya tenglamasini ionli va molekulyar holatda yozing.
3 – tajriba. Yuqori oksidlanish darajali xrom ionining qaytirilishi Kerakli moddalar: kaliy bixromat tuzi eritmasi, suyultirilgan sulfat kislota, natriy sulfit kristali.
Kerakli jihozlar: probirka.
Ishning bajarilishi:Buni bajarish uchun toza probirkaga kaliy bixromat tuzi eritmasidan 5 – 10 ml olib suyultirilgan sulfat kislotadan 2 – 3 ml qo’shing va kislotali muhit hosil qiling. Eritmaning ustiga ozgina natriy sulfit kristallaridan soling. Eritma rangining o’zgarishiga e‘tibor berganingiz holda qilingan ishning reaksiya tenglamasini yozing. Bunda xrom ionining oksidlanish darajasi 6 dan 3 ga kamayishiga e‘tibor bering.
4 – tajriba. Aktiv metallarning oksidlanishi. Kerakli moddalar: natriy metali, suyultirilgan sulfat kislota, rux metali, kontsentrlangan sulfat kislota