Tuzlar gidrolizi jadvali
Tarkibi
|
Gidroliz
|
Muhit
|
Lakmus
|
Fenolftaliyen
|
R-ya borishi
|
Kuchaytirish
|
Kuchli asos Kuchli k-ta
|
---------
|
neytral
|
rangsiz
|
rangsiz
|
-----------
|
---------
|
Kuchsiz asos Kuchli k-ta
|
qaytar
|
kislotali
|
qizil
|
rangsiz
|
Kation bo’yicha
|
H2O, ishqor qizdirish
|
Kuchsiz k-ta Kuchli asos
|
qaytar
|
ishqoriy
|
Ko’k
|
pushti
|
Anion bo’yucha
|
H2O, kislota qizdirish
|
Kuchsiz asos Kuchsiz k-ta
|
qaytmas
|
neytral
|
rangsiz
|
rangsiz
|
Ham kation
Ham anion
|
---------------
|
TAJRIBALAR.
1 – tajriba. Gidrolizga uchraydigan tuz eritmalaridagi muhit reaksiyalari.
Kerakli moddalar: distillangan suv, lakmusning neytral eritmasi, natriy xlorid, natriy atsetat, alyuminiy nitrat, mis (II) – xlorid, natiry fosfat эритмалари
Kerakli jihozlar: probirkalar
Ishning bajarilishi: Oltita probirkaga 1 ml dan distillangan suv quying va ular ustiga aniq binafsha rang hosil bo’lguncha lakmusning neytral eritmasidan qo’shing. Bitta probirkani kontrol uchun qoldiring, qolgan probirkalarga bir mikroshpateldan birinchisiga natriy xlorid, ikkinchisiga natriy atsetat, uchinchisiga alyuminiy nitrat, to’rtinchisiga mis (II) – xlorid, beshinchisiga natiry fosfat soling. Eritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring (shisha tayoqchani yuvmasdan bir probirkadan ikkinchi probirkaga tushurmang). Lakmus rangining o’zgarishiga qarab, hаr bir tuz eritmasining reaksiya muhiti haqida xulosa chiqaring. Kuzatish va xulosalaringizni quyidagidek jadval tuzib to’ldiring.
№
|
Tuzlarning formulasi
|
Lakmusning rangi
|
Reaksiya muhiti
|
Eritmaning pH < 7, pH = 7, pH > 7
|
|
|
|
|
|
Tekshirilgan tuzlarning qaysi biri gidrolizlanadi? Gidrolizning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing va har bir tuzning gidrolizlanish turini ko’rsating. Gidroliz oddiymi yoki bosqichlimi?
2 – tajriba. Natriy sulfatning gidrolizi.
Kerakli moddalar: distillangan suv, kristall natriy sulfat
Kerakli jihozlar: Konussimon probirka.
Ishning bajarilishi: Konussimon probirkaga 3 ml ditillangan suv quying. Unig ustiga kristall natriy sulfatdan bir mikroshpatel tashlang va shisha tayoqcha biolan aralashtiring. Hosil bo’lgan eritmadan indikator qog’ozga ikki tomchi tomizing va pH ning qiymatini aniqlang. Topilgan pH qiymati qaysi ion borligini ko’rsatadi?
3 – tajriba. Ikki tuzning birgalikdagi gidrolizi.
Kerakli moddalar: temir xlorid eritmasi, ammoniy sulfid eritmasi, natriy karbonat eritmasi
Kerakli jihozlar: probirka,
Ishning bajarilishi: Ikkita probirkaga temir xlorid eritmasidan 5 – 7 tomchidan quying. Probirkalarni biriga shuncha tomchi ammoniy sulfid, ikkinchisiga ham shuncha natriy karbonat eritmasidan quyng. Birinsi probirkadan vodorod sulfid (hididan) ajralishini, ikkinchisidan esa karbonat angidrid gazi pufakchalarning ajralishini kuzating. Ikkala holda ham temir gidroksid cho’kmaga tushadi. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Nima uchun temir sulfid va ammoniy karbonat hosil bo’lmasdan temir gidroksid hosil bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: |