NAZORAT SAVOLLARI 1.Eritma nima?
2.Eritma konsentratsiyasi deganda nimani tushunasiz?
3.Massa ulush va foiz konsentratsiya haqida ma’lumot bering.
4.Suyuqliklarning eruvchanligi suyuqliklarda qanday kechadi?
5. 150 g suvda 50 g CuSO4 . 5 H2O ni ertishda hosil bo’lgan eritmadagi tuzning massa ulushini (%) hisoblang.
6. 1 litr suvda (n.sh) 2.3 litr H2S erigan bo’lsa, hosil bo’lgan eritmadagi H2S ning massa ulushi nechaga teng?
6 – LABORATORIYA ISHI ELEKTROLIT ERITMALAR VA TUZLAR GIDROLIZI NAZARIY MA‘LUMOT Eritmalari (shu jumladan suvdagi eritmalari) elektr tokini o’tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi. Elektr o’tkazuvchanlikning sababi elektrolit molekulalarining ionlarga, ya‘ni elektr zaryadi bo’lgan atomlarga yoki atomlar gruppasiga ajralishidir. Elektrolit molekulalarining suv molekulalari ta‘siridan ionlarga bunday ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi. musbat zaryadlangan ionlar kationlar deb, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deb ataladi. Ular o’z xossalari jihatidan atom va molekulalardan farq qiladi. Tuz, kislota va asoalar (ishqorlar) elektrolitlarga kiradi. Tuzlarning dissotsilanishi ntijasida metallarning musbat zaryadli ionlari va kislota qoldig’ining manfiy zaryadli ionlari hosil bo’ladi:
КСI = К+ + СI- AI2(SO4)3 = 2AI3+ + 3SO42- Kislotalarning dissotsilanishi natijasida musbat zaryadli vodorod ionlari va kislota qoldig’ining manfiy zaryadli ionlari hosil bo’ladi:
НСI = H+ + CI- Н2SO4 = 2H+ + SO42+ Asoslar dissotsilanganda metallarning musbat zaryadli ionlari va manfiy zaryadli gidroksil ionlari hosil bo’ladi. КОН = К+ + ОН- Са(ОН)2 = Са2+ + 2ОН- Hamma elektrolitlar kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo’linadi. Kuchli elektrolitlar har qanday kontsentratsiyada ionlarga to’la dissotsilanadi.
Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar protsess bo’ladi. Bir vaqtning o’zida eritmada molekulalar ionlarga ajraladi va ionlar qayta birikib, molekulalar hosil qiladi:
НСN H+ + CN- Bu hol erigan modda molekulalarining faqat bir qismi ionlarga dissotsilanganini ko’rsatadi. Eritmadagi elektrolit molekulalarining ionlarga ajralgn qismini ko’rsatuvchi son elektrolitik dissotsilanish darajasi deb ataladi va a harfi bilan belgilanadi. Dissotsilanish darajasi ham elektrolitning tabiatiga, ham eritmaning kontsentratsiyasiga bog’liq. Kontsentratsiya kamayishi bilan dissotsilanish darajasi ortadi. Kuchli elektrolitlarga ba‘zi kislotalar, masalan, Н2SO4, HСI, HNO3, ishqorlar, masalan, NaOH, KOH, Ca(OH)2 va deyarli hamma tuzlar kiradi.
Ko’pgina kislotalar, masalan, Н2S, HCN, H2CO3, HCIO, CH3COOH va ko’pgina asoslar, chunonchi, Fe(OH)3, Ca(OH)2, NH4OH, Cu(OH)2 kuchsiz elektrolitlardir.
Kuchsiz elektrolitning dissotsilanish qaytar protsess bo’lib, u quyidagicha ifodalanadi:
AB = A+ - B1 Massalar ta‘siri qonuniga ko’ra: K =
bo’ladi. Bu ifoda kuchsiz elektrolit eritmasidagi ionlar kontsentratsiyasi ko’paytmasining dissotsilanmagan molekulalar kontsentratsiyasiga nisbati biror o’zgarmas kattalik K ga teng bo’lishini ko’rsatadi (K – dissotsilanish konstantasi). Dissotsilanish konstantasining qiymatiga qarab, elektrolitning ionlarga dissotsilanish qobilyati to’g’risida fikr yuritish mumkin. Elektrolit qancha kuchli bo’lsa, ionlar kontsentratsiyasi shuncha katta va, demak, dissotsilanish konstantasining dissotsilanish darajasidan farqi shuki, u eritmadagi elektrolit kontsentratsiyasiga bog’liq emas. Eritmadagi ionlardan birining kontsentratsiyasi o’zgarsa, ionlar muvozanati siljiydi. Sirka kislota quyidagicha dissotsilanadi: НС2Н3О2 Н+ + С2Н3О-2 Agar bu kislota eitmasiga, uning ko’p С2Н3О-2 ion beradigan eruvchi tuzidan, masalan, NaС2Н3О-2 dan qo’shsak, yuqorida keltirilgan muvozanat sirka kislota molekulalari hosil bo’ladigan tomonga siljiydi:
Agar bu kislota eritmasiga ishqor qo’shsak, gidroksil konlari vodorod ionlari bilan bog’lanadi va muvozanat olingan kislota dissotsilanadigan tomonga siljiydi:
Ko’p asosli uchun ketma – ket dissotsilanish (bosqichli dissotsilanish) xosdir:
Н3РО4 Н+ + Н2РО4- Н2РО4 Н+ + НРО42- Н2РО4 Н+ + РО43-