Kerakli jihozlar: probirka.
Ishning bajarilishi: Bu tajribani bajarish uchun toza probirkaga natriy metalining bir nechta bo’lakchalaridan soling. Uning ustiga suyultirilgan sulfat kislotadan tomizing. Qanday o’zgarish borishini kuzatganingiz holda qilingan ishning reaksiya tenglamasini yozing. Xuddi shu ishni rux metali bilan kontsentrlangan sulfat kislota bilan ham olib boring. Bu reaksiyalar biri ikkinchisidan nima bilan farq qilishini qilingan ishning natijasiga asoslanib harakterlang.
MASHQLAR. 1. Quyidagi reaksiyalarning qaysilari oksidlanish – qaytarilish reaksiyasiga kirishini aytib bering.
H2SO4 + BaCl2 = BaSO4 + 2 HCl; Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2 CaCO3 + CaO + CO2 2. Quyidagi reaksiyalarda nima oksidlovchi yoki qaytaruvchi ekanini ko’rsating:
H2S + Br2 = 2HBr + S; 2HgO = 2Hg + O2 3. Quyidagi tenglamalarga koeffitsientlarga qo’yib chiqing hamda oksidlovchi va qaytaruvchilarni aytib bering: HNO3 + P + H2O H3PO4 + NO
J2 + HNO3 HJO3 + NO + H2O H2SO3 + O2 H2SO4 FeCl3 + H2S FeCl2 + S + HCl
4. Quyidagi tenglamalarga koeffitsientlar qo’yib chiqing.
HNO3 + Cd Cd(NO3)2 + N2O + H2O
K2Cr2O7 + H2S + H2SO3 Cr2(SO4)3 + S + H2SO4 + H2O
KMnO4 + H2SO4 + HNO2 K2SO4 + MnSO4 + HNO3 + H2O
NoJ + MnO2 + H2SO4 Na2SO4 + MnSO4 + J2 + H2O
5. Quyidagi reaksiya tenglamalarini ionli ko’rinishda yozing:
2NaCrO2 + 3Br3 + 2NaOH = 6NaBr + 2Na2CrO4 + 4H2O
Bu reaksiyada muhit qanday rol o’ynashini aniqlang.
Quyidagi reaksiyani elektron balans usulda tenglang va koeffisentlar yig’indisini aniqlang?
As2S3 + HNO3 + H2O → H3AsO4 + NO + H2SO4 Oltin(III) xlorid vodorod peroksid bilan natriy gidroksid ishtirokida reaksiyaga kirishganda 0,2 mol oltin hosil bo'ldi. Reaksiyada qatnashgan natriy gidroksid va ajralgan gaz miqdorlarini (mol ) hisoblang.
3H2O2 + 2AuCl3 + 6NaOH → 2Au + 6NaCl + 3O2 + 6H2O
Quyidagi reaksiyani elektron balans usulida tenglang va koeffisentlar yig`indisini toping.
P4S7 + H2O + HNO3 = H3PO4 + H2SO4 + NO.
Vodorod, uglerod, azot, oltingugurt qanday birikmalarda manfiy oksidlanish darajasiga ega?