Mеtаllаrninng stаndаrt elеktrоd pоtеntsiаlini musbаt kiymаti kаnchа kаttа bulsа, uning iоni shunchа kuchli оksidlоvchilik хоssаsigа egа bulаdi.
Metallarning kristall panjaralardagi tugunla (markazlarda)da musbat zaryadli ionlar joylashgan bо‘lib, ularning orasida erkin elektronlar harakat qiladi. Bu elektronlar alohida ionlar bilan bog‘lanmagan bо‘lib, ular ayni kristalldagi metall ionlarga taalluqlidir.
Agar metallni suvga yoki uning tuzi eritmasiga tushirsak, metall ionlarining bir qismi suvning qutbli molekulalari bilan ta’sirlashib, gidratlangan ionlar holida eritmaga о‘tadi. Buning natijasida metallga yaqin bо‘lgan eritma qabati musbat zaryadlanadi, metallning о‘zida esa, ortiqcha erkin elektronlar bо‘lib, ular metallni manfiy zaryadlaydi. Metall bilan uni о‘rab olgan suvli muhit orasidagi kuchlanish (potensial)lar ayirmasi odatda metallning elektrod potensiali deyiladi. Bu potensiallarning qiymati har xil metallar uchun turlicha bо‘ladi.
Kimyoviy reaksiya natijasida elektr energiyasi ishlab chiqariladigan, ya‘ni kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan asboblar galvanik elementlar deyiladi. Bunday elementni tuzish uchun o’zaro tegib turgan (yoki o’zaro sifon orqali tutashtirilgan) ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metall tushirilib, bu metallarning uchlari bir – biriga ulanadi. Elektr oqimi beruvchi galvanik element muvozanat holatida bo’lmaydi. Elektr oqimi kuchi kamayishi bilan elektrodlar o’rtasidagi potentsiallar ayirmasi orta boradi. Elektr oqimi kuchi cheksiz kamayganda va sistema amalda muvozanat holatiga kelganda element qaytar holda ishlaydi. Agar sistemada birorta jarayon termodinamikaviy qaytmas bo’lsa, element qaytmas element deyiladi.
Yakobi – Daniel elementi qaytar galvanik elementga misol bo’la oladi. Bunda rux plastinka rux sulfat ZnSO4 eritmasiga, mis plastinka CuSO4 eritmasiga botirilgan Bu element sxematik ravishda quyidagicha yoziladi.
Eritmalar bir – biri bilan kaliy xlorid eritmasi solingan sifon orqali tutashtiriladi yoki bu ikki eritma orasiga yarim o’tkazgich parda qoyiladi.
Olingan Zn va Cu elektrodlarning standart potentsiallari:
,
ya‘ni ularda katta farq bo’lganligi sababli rux plastinka eriydi va eritmaga o’tadi; mis ionlari esa mis plastinkaga cho’kadi:
Zn Zn2+ + 2e Cu2+ + 2e Cu
ya‘ni oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari boradi: rux elektronlar berib oksidlanadi, mis esa elektronlarni qabul qilib qaytariladi. Agar Cu va Zn elektrodlari o’zaro sim orqali ulansa, ortiqcha elektronlar Zn elektroddan Cu elektrodga o’ta boshlaydi va tashqi zanjirda elektr oqimi hosil bo’ladi. Buni galvanometr yordamida bilish mumkin. Ruxdan mis plastinkaga o’tadigan elektronlar mis sulfat eritmasidagi Cu2+ ionlarini neytrallab, ularni elektroneytral mis atomlariga aylantiradi. Erkin qolgan SO42+ ionlar yarim o’tkazgich parda orqali o’tib, eriyotgan rux bilan birikib ZnSO4 hosil qiladi. Shu bilan birga Zn2+ ionlari galvanik element ishlashi jarayonida II idishdan parda orqali I idishga o’ta boshlaydi. Natijada I idishdagi CuSO4 vaqt o’tishi bilan rux sulfatga aylanadi. Galvanik element rux plastinka butunlay erib ketguncha qadar ishlaydi. So’ngra elektr oqimi o’tishi to’xtaydi.
О‘zgarmas elektr toki ta’sirida elektrolitlarning parchalanishi elektroliz deyiladi. Bunda elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Agar elektrolitning eritmasiga о‘zgarmas tok manbaiga ulangan elektrod tushirilsa, eritmada harakatlanayotgan ionlarning tartibsiz harakati tartibga tushadi, ya’ni kationlar katodga, anionlar anodga tortiladi. Katodda qaytarilish va anodda esa oksidlanish jarayoni boradi. Elektroliz vaqtida boradigan kimyoviy reaksiya elektrolitning kimyoviy xossasiga, erituvchiga va elektrodning qanday metaldan (materialdan) ishlanganiga bog‘liq.