Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
kimyo labaratoriya

Kerakli jihozlar:
Texnik kimyoviy tarozi, rux yoki ammoniy metali (plastinkasi), xlorid kislota, Vyurs kolbasi, shisha, termometr, барометр. Alyuminiy bo’lagi, suyultirilgan sulfat kislota, probirka, byuretka, voronka
Nazariy ma‘lumot
Kimyoviy birikmalarning tarkibiga kirgan elementlar bir – biri bilan muayyan va o’zgarmas og’irlik nisbatida bo’ladi (tarkibning doimiylik qonuni). Ana shu og’irlik nisbatlar elementlarning ekvivalentalariga to’g’ri keladi. Elementning kimyoviy reaksiyalarda bir og’irlik qism vodorod yoki sakkiz og’irlik qism kislorod bilan birika oladigan yoki o’rnini oladigan og’irlik miqdori shu elementning ekvivalenti deb ataladi.
Ekvivalent so'zi teng miqdorli, teng qiymatli degan ma’­ noni anglatadi. Elementlarning bunday miqdorlari qoldiqsiz birikishi va almashinishi mumkin. Shu asosda ekvivalentlar qonuni vujudga keldi, u shunday ta’riflanadi:
Elementlar o'z ekvivalentlariga proporsional miqdorda o‘zaro birikadi va almashinadi. Ekvivalent iborasi qisqacha E harfi bilan belgilanadi. Ba’zi elementlarning ekvivalenti turli miqdorlarda bo'ladi. Moddaning ekvivalent og’irligiga son jihatidan teng qilib, gramm hisobida olingan miqdori gramm – ekvivalent deyiladi. Agar element kislorod yoki vodorod bilan birikma hosil qilsa, uning ekvivalenti to’g’ridan – to’g’ri shu birikmadan topilishi mumkin (bevosita topish usuli). Agar element vodorodni uning birikmalarian siqib chiqara olsa, bunday elementning ekvivalenti siqib chiqarilgan vodorodning miqdoriga qarab topilishi mumkin (siqib chiqaish usuli). Elementning ekvivalenti, ko’p hollarda, ekvivalenti ma‘lum bo’lgan boshqa elementlar (kislorod va vodoroddan boshqa elementlar) bilan hosil qilgan birikmasiga qarab aniqlanadi (bilvosita topish usuli). Bir elementningi ekvivalenti ma‘lum bo’lsa, ikkinchi elementning qanday og’irlik miqdori bu elementning bir ekvivalenti bilan birikishini aniqlab, ikkinchi element ekvivalentining son qiymatini topamiz. Hamma hollarda, elementning ekvivalentini topish uchun, uning ekvivalenti ma‘lum bo’lgan boshqa bir element bilan hosil qiralgan birikmasining prosent tarkibini bilish kifoya. Birikmaning prosent tarkibi kimyoviy analiz asosida topiladi. Elementlarning ekvivalentiga qarab, ularning atom massalarini bilish mumkin. Elementning ekvivalenti valentligiga ko’paytirilsa, shu elementning atom massasi chiqadi.
Valentligi o’zgarmaydigan elementlarning ekvivalentlar qiymati doimiydir. Valentligi o’zgaruvchan elementlarning ekvivalentlari o’zgaruvchan kattalikdir. O’zgaruvchan valentli elementlarning ekvivalentlari, reaksiya sharoitiga qarab, har xil kattalikka ega bo’ladi. Masalan, quyidagi reaksiyalarda azotning ekvivalenti 4,67 va 7 ga teng:
N2 + 3H2 = 2NH3: N2 + O2 = 2NO
Ammiak tarkibidagi azot uch valentli, shuning uchun ammiakdan uning ekvivalenti atom massasining 1/3 qismiga, yani 14/3 = 4,67 ga teng. NO tarkibidagi azot ikki valentli bo’lgani uchun azotning ekvivalenti uning atom massasining 1/2 qismiga, yani 14/2 = 7 ga teng. Shunday qilib, elementning ekvivalenti bilan atom massasi hamda valentligi orasida bog’lanish bor. Bu bog’lanish quyidagi formula bilan ifodalanadi.

Ekvivalent =


Masalan, uglerod yonganda (oksidlanganda) kislorod mo'l bo'lsa uglerod dioksid (CO2) kamroq bo'lsa uglerod monoksid (CO) hosil bo'ladi. Bu birikmalarda uglerod ekvivalenti tegishli 3 va 6 bo‘ladi. Bu ekvivalentlar o‘zaro hamisha kichik va butun sonlar nisbatida,
masalan, 3:6= 1:2 kabi nisbatda bo‘ladi.
Ekvivalent tushunchasini qator murakkab moddalar (kislota, asos, tuzlar)ga ham tatbiq qilish mumkin. Kislotaning metallarga almashina oluvchi 1,008 massa qismining vodorodli miqdori mazkur kjslotaning ekvivalenti sifatida qabul qilinadi. Xlorid kislotaning ekvivalenti EHCI=36,461 bo'lganidan uning ekvivalenti o'zining molekulyar massasiga teng deb olinadi. Quyida ba’zi kislotalarning ekvivalenti keltirilgan: Kislotaning ekvivalenti =


asoslarning ekvivalenti ularning molekulyar massasini asosning kislotaliligiga (metall valentligiga teng bo’lgan OH gruppasining soniga) bo’lish yo’li bilan topiladi.
Kislotaning ekvivalenti =
Masalan:
Tuzlarning ekvivalentini topish uchun ularning molekulyar massasi metallning valentligi va metal atomlarining soniga bo’linadi:
Tuzning ekvivalenti =

Masalan:



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin