Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Akademik guruhda murabbiylik ishlarini olib borish uslublarini о‘rganish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə21/30
tarix01.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#121564
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

4.1. Akademik guruhda murabbiylik ishlarini olib borish uslublarini о‘rganish.
Oliy ta’lim muassasalarida har bir akademik guruh uchun murabbiylik ishlari mavjud bо‘lib, guruhga berkitilgan rahbar har haftada bir marta guruh yig‘ilishi о‘tkazib, о‘tkazilgan majlisni bayonnoma shaklida hujjatlashtiradi. Yig‘ilishda guruh rahbari guruhda darsga qatnashishi sust talabalarni jalb qilish, baholari past talabalarga tanbeh berish, respublika, viloyat, fakultet va institut miqyosida bayram tadbirlariga faol ishtirok etish kabi masalalar kо‘rib chiqiladi. Har bir bayonnoma 2 nusxada bо‘ladi. Bayonnomaning bir nusxasi murabbiylik ishini olib borayotgan professor-о‘qituvchining murabbiylik ishlari papkasiga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa fakultet dekanatiga topshiriladi.
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTINING


ODOB-AXLOQ QOIDALARI


QARSHI


Institutning________-sonli Ilmiy Kengashida kо‘rib chiqilgan.


1-bо‘lim. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu oliy ta’lim muassasasi (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida”gi, va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida”gi qonunlar, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili”, davlat dasturlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, OTMning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
“Qoidalar” ishlab chiqilishida О‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar о‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda harkimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli OTMning asosiy funksiyasi ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin