1.2. “Qoidalar” OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan sо‘ng kuchga kiradi va unga о‘zgartirish hamda qо‘shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi.
1.3. “Qoidalar” OTMning ma’muriyati, professor-о‘qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ning OTMga oid о‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bо‘lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.
1.4. “Qoidalar”ga rioya qilish OTM jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir.
1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini о‘z zimmasiga olib imzo qо‘yishi shart.
1.6. OTM jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan о‘zaro munosabatlarida “Qoidalar”dagi kо‘rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.
2-bо‘lim. Maqsad va vazifalar 2.1.“Qoidalar”ning maqsadi OTMda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kо‘maklashish, OTMning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.
2.2. “Qoidalar”ning asosiy vazifalari:
- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini tо‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bо‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxissislarni tayyorlash;
-OTM jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;
- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zо‘ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarning ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tubdan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga kо‘maklashishdan iborat.