Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə60/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
маъруза матни Менежмент

Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari o`zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf eta oladigan jamiyat. U chiqaradigan aksiyalariga ochiq obuna o`tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta’sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (AJ) uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro`yxatidan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ ta’sischilari o`rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning aksiyalari qimmatli qog`ozlar bozorida muomalada bo`lishi jamiyat Nizomiga binoan man etilgan yoki cheklangan bo`ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori AJ ro`yxatdan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak.
Ochiq turdagi AJni boshqa turdagi jamiyatlarga aylantirish mumkin emas. Yopiq turdagi AJ esa o`z aksiyalariga ochiq obuna o`tkazish yoki ularni fond bozorida sotish uchun chiqarish yo`li bilan ochiq turdagi AJga aylanishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa korxonalari va shirkat xo`jaligi o`z aksiyalarini chiqarish yo`li bilan ikkala turdagi aksiyadorlik jamiyatlarga ham aylantirilishi mumkin.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati har yili ommaviy axborot vositalarida:
- yillik hisobot;
- buxgalterlik balansi;
- foyda va zararlar schyoti;
- jamiyat aksiyalari emissiyalari prospekti;
- umumiy majlisni o`tkazish sanasi va joyini ma’lum qilib turishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
-jamiyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat yuritish hamda bir yoki bir necha shaxsga jamiyatni tashkil etish uchun vakolat berish to`g`risida shartnoma tuzish;
-aksiyalarga obuna o`tkazish;
-ta’sis konferensiyasini o`tkazish;
-jamiyat va uning aksiyalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish.
Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi. Davlat mulkini xususiylashti rish orqali quyidagi usullarda AJ tashkil etilishi mumkin:
- oddiy yo`l bilan, ya’ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq AJ larining obektlarini auksion orqali yoki konkurs yo`li bilan sotib olishadi;
-davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va ma’lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
-davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylantiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
-nizom kapitalining tegishli qismlar yoki aksiyalarga majburiy bo`linishi;
-jamiyatning o`z majburiyatlari va faqat o`zining mulki bo`yicha cheklangan javobgarligi;
-aksiyador (sherik)lar orasidagi o`zaro munosabatlar, daromad va mulkni taqsimlash, korxonani boshqarish bo`yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi;
-jamiyat a’zolari uning kapitaliga o`z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o`z mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish jarayonlari «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Hissadorlik jamiyatlari », «Korxonalar to`g`risida », «Qimmatli qog`ozlar bozori va fond birjalari » to`g`risidagi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlar asosida boshqariladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin