Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Attestatsiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baxolash usuli sifatida



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə68/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
маъруза матни Менежмент

Attestatsiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baxolash usuli sifatida.
Boshqaruv mansabiga tavsiya qilinayotgan kishining ishbilarmonlik va kishilik xususiyatlarini baxolash, avvalambor shartnoma tuzilishi kerak. Bugungi kunda kadrlar faoliyatchanligini baxolashda attestatsiya usuli keng tarkalgan. Ushbu attestatsiyani o‘tkazish uchun rahbar buyrugi bilan rais, sekretar (kotib) va boshqalardan tarkib topgan attestatsiya komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya tarkibini yuqori malakali mutaxassislardan, imtixon bulayotganlarning bevosita rahbarlaridan, yuqori malakali ishchilardan va jamoa tashkilotlari vakillari tashkil etadi. Atetstatsiya bulayotgan har bir kishiga o‘zining rahbari harakteristika tuzadi, bu tavsifnomada usha kishinnig ijtimoiy va ish faoliyati uz aksini topadi.
Atetstatsiya bulayotgan ishchi avvaldan, (bir xafta oldindan) tavsifnoma bilan tanishishi shart. Komissiya ushbu materiallarni ko’rib chikadi, attestatsiya bulayotgan kishini tinglaydi va qaror beradi:
a) O‘zining mansabi talablariga javob beradi;
b) O‘zining mansabi talablariga javob beradi ish sharoiti yaxshilaganida va komissiyaning tavsiyalarini bajo keltirganida, 1 yildan sung qayta atetstatsiya qilinadi;
v) Uz mansabi talabiga javob bermaydi.
Komissiya ba’zi ishchilarni martabasini yuksaltirishga va ba’zi xizmatlari uchun takdirlashga va boshqa ishga o‘tkazish ga tavsiya qilish mumkin.
Menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yana xam obekitiv baxolash uchun attestatsiyadan tashkari boshqaruv amaliyotida uch guruxga bulinadigan turli xil usullar kullaniladi:
1 gurux. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolaydigan, sbektiv harakterga ega bo’lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini uz ichiga oladi. Ularga «kadrlar hisob varagi» va «Avtobiografiyadagi» boshqaruvchi talabiga da’vogarlik kiluvchi kondidatning biografik ma’lumotlarini o‘rganish, rahbarlardan usha odam haqida ma’lumot yigish kiradi.
2 gurux. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi obektivlikdan mikdoriy baxosini aniqlash ta’minlaydi. Eng kup tarkalgan usul ball buyicha baxolash usulidir. Bu usul buyicha xodimning har bir bajargan vazifasi va erishgan yutuklariga karab ballar kuyilib boriladi va uning urtacha balli chiqarilib aniqlanadi.
3 gurux. Yuqoridagi 2ta guruxni ya’ni ta’rif beruvchi va mikdoriy usullarni uz ichiga oladi. Ulardan eng kup tarkalgani test usuli bo‘lib, oldindan tayyorlab kuyilgan masalalar natijalariga karab baxo beriladi. Ishbilarmonlik uyinlari usuli - kuyilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan to‘g‘ri javobga karab baxo kuyilad. Rahbarlar va mutaxassislarning ishbilarmonlik va va shaxsiy xususiyatlarini ball buyicha baxolash uchun xodim xususiyatlarini ball buyicha baxolash yoki attestatsiya o‘tkazish bilan aniqlash mumkin. Buning uchun xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolash uchun eng kamida 2 ta kul ostidagi ishchisi, 2 ta rahbari va 2 ta xamkasbini baxolashlarini hisobga olishadi. Oxirgi natijaviy baxoni komisiya beradi. Kadrlarni baxolash kriteriyasi bitta bo‘lishi kerak, ya’ni konkret ishlar.
Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxlash usuli bo‘lishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash - bu ta’limning ilmi asoslangan sistemasi bulbi ma’lum sohada faoliyat ko‘rsatish uchun bilim, tajriba va yul yurik urgatadi.
Menejerlarni qayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maqsad ularning nazariy bilimlarini oshirish, fan va texnika sohasida erishilgan yutuklarini tula-tukis qamrab olish, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar kuyadi, bu tizimda universitet va institutlar alohida urin egallashi lozim, oliy va urta maxsus ukuv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini kullay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Boshqaruvni isloxat qilish sharoitida ukuv jarayoni mazmuni va uni tashkil etishga ishlab chiqarish darajasi usishi va xo‘jalik yuritishning bozor utilishini hisobga olgan holda yangiga yondashuv kullaniladi. «Korxonalar to‘g‘risida» qonunda ta’kidlab utilganidek: «Korxona kadrlar kasbiy mahorati va madaniy darajasi uzluksiz usib borishi haqida doimo gamxurlik qiladi, xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini hisobga olgan holda ular lavozimini uzgartirib boradi. Bu maqsadda korxona kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda ukuv yurtlarida xodimlar malakasini oshirishga imkon yaratadi, ukuv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes maktablari, kurslar, markazlar tashkil etadi. Korxona ukuv jarayonini ish bilan kushib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda kuzda tutilgan imtiyozlar beradi. Ishchilar uz xoxishlariga kura urta maxsus va oliy ukuv yurtlariga, shuningdek stipendiya tulash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari mumkin. Korxona yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasbga kizikishlarini shakllantirishda ukuv yurtlariga yordam kurstadi».
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib berish lozim. Agar rahbar uz bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib kolishi, ishlab chiqarish bundan zarar kurishi mumkinligini tajribada kurish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo tuldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish rahbarlari ayniksa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish masalalarini chukur o‘rganishlari kerak.
Uz dunyoqarashini kengaytirish buyicha mustaqil ishlash xam katta axamiyatga egadir.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin