Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi. Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo‘lishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday belgilash lozimki, bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha to‘liq ishga solinsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli bulinmalari xodimlari o‘rtasida aloqa urnatilishini kuzda tutadi. Boshqaruv jarayonida, xam shu korxonada, xam undan tashkaridagi alohida xodimlar, xizmat va bulinmalar faoliyati birlashtiriladi.
Menejerlar mehnati taqsimlash va kooperatsiya qilish yullari tarkibiy bulinmalar haqida koidalar va boshqaruv apparati xodimlari lavozim kullanmasi tomonidan belgilangan bo‘ladi. «Korxonalar to‘g‘risida» qonun asosida korxona va uning bulinmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim kullanmalari ishlanadi. Lavozim kullanmalari, xuquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning buysunushi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi beliglanadi.
Lavozim kullanmalari va koidalar davriy ravishda qayta kurilib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga olgan holda tuzatilib, tuldirilib berilishi kerak.
Boshqaruv apparati mehnatini makbullashtirishga yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi xam kullanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo’lgan ishlar xajmi murakkabligi, rahbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja hamda ish staji kursatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli xujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot okimlari yunalishi va xujjatlar aylanish texnologiyasi makbulligi xam katta ta’sir kursatadi. Bu yerda xujjatlar utadigan boskichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiklashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiklashtirish muhim bo’lsa, xujjatlar o‘tish boskichlari urnini almashtirish xam yaxshi natija beradi.
Xujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular o‘tish texnologiyasi belgilanadi, axborot uzatilishining makbul yullari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo‘lmagan xujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog‘liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta axamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o‘rtasida yozishmalarda kelgan xujjatni javobi bilan qaytarish keng kullaniladi.
Xujjatlarni bir xillashtirish va standartlash - menejer mehnatini tashkil etishning muhim yunalishidir. Standart blanklarni qo‘llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv harajatlari qisqarishiga olib keladi.
Axborot xajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ayniksa muhimdir. Mutaxassislar fikriga kura boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7g% ishni mexanizatsiyalash mumkin ekan. Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim younalishi ish joyini makbul tashkil etish va eng avvalo, mehnat xususiyatlarini bulinmalar o’zaro aloqasini ishlar muhimligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar kulay va kul yetadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari hamda yordamchi uskunalar bilan jixozlashda uzluksiz ishlashni ta’minlash talablarini hisobga olinishi kerak. Tajribadan ma’lumki, ish joyini texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga muvofik joylashtirish mehnat unumdorligini oshirish (50% va undan kupga) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiyena meyorlari, temperatura, namlik, yoruglik meyorlari, shovkin darajasi, shuningdek mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yaratish muhim axamiyatga ega.
Mehnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek xodimlar o‘rtasidagi o’zaro munosabatlar xam katta ta’sir kursatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi, oxir natijada mehnat natijalari bu omilga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv samaradorligi asosan rahbar uz vazifasini qanchalik muvaffakiyatli bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Xozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qo‘llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer xam tashkilotchi, tarbiyachi, xam izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bo‘lishi kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi bajariladigan ishlar turli - tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishi talab qiladi. uz faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shugullanuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina ulgurub, kelajakda qilinishi lozim bo’lgan ishlarni xal etish uchun vaqt topolmay koladilar.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqorirok boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks holda butun tizim faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan (yoki karama-qarshi) ish kurishi mumkin.
Rahbar ishi sur’atining tezligi uning mehnat faoliyati tulakonli dam olish bilan, shuningdek ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali bo‘lishi, ish qobiliyati to‘liq tiklanishi mumkin.
Menejer mehnatida makbul ish sur’atini o’rnatish, u amalga oshiruvchi harakatlarning doimiy tartibini o’rnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, xujjat va x.k.lar) xajmi juda katta. Bunday holda axborotni «filtrdan» o‘tkazish juda muhimdir. Rahbarga faqat u xal qilishi mumkin bo’lgan axborot berilishi lozim. Bu boskichda rahbarga axborotni ijrochilar o‘rtasida taqsimlovchi kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam kursatadi. U malakali xodim bo‘lishi, boshqaruvning barcha bulinmalari va tashkilotlari faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga buysnuvchi boshqaruv apparati o‘rtasida majburiyatlarni makbul taqsimlash rahbar ish avktini samarali sarflashda imkon beradi. Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha kuprok xujjatga imzo chekishi uchun imkon berishi kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yigilish va majlislar muhim urin egallab, ularga ish vaqtining 70%i sarf bo‘ladi. Shu sababli, majlislarni to‘g‘ri tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim.
Majlisda kuriladigan masala faqat jamoa tomonidan xal etiladigan muammodan iborat bo‘lishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida xal etilishi lozim.
Majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo buyicha yetarli tajriba va bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Majlisda kuriladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular tayyorgarlik kurish uchun vaqtga ega bo‘lishlari uchun avvaldan e’lon qilinishi lozim.
Yigilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan kursatilishi lozim, chunki uning qatnashchilari uz ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.
Yigilish rahbari avvaldan yigilish maqsadi va utkazilish shaklini belgilash lozim.
Yigilish utkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit yaratish xam muhimdir.
Rahbarning ko’plab majburiyatlari ichida tashrif kiluvchilarni qabul qilish va suxbat o‘tkazish ni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Kul ortida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish muhimdir, chunki «ochik eshiklar siyosati» tashkaridan demokratik xususiyatga ega bo’lsada, ish vaqtini noto‘g‘ri sarflashga olib keladi. Suxbat davomida rahbar savollar berish yuli bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, uz iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suxbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan bo’lsa, xodim suxbat vaqti va maqsadi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bu x odimga masala mazmuni buyicha tayyorgarlik kurish psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suxbat davomida o’zaro ishonch muxitini yaratish u muvaffakiyatli bo‘lishiga imkoniyat beradi. Bunda rahbar muxbat maqsadi va xodimning uziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Suxbat oxirida rahbar albatta muhokama etilgan masala buyicha erishilgan natija va uni keyincha xal etish yullarini kayd qilib quyishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri - qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning doimiy vazifasi bo‘lib, uning ish rejasida hisobga olinishi lozim, hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yuli bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning kulay shakli - topshiriklarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog‘liqdir.
Menejer madaniyatining asosiy elementlari.
Menejment madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlari madaniyati, mehnat sharoiti madaniyati va xujjatlar yuritish madaniyati kiradi.