o’ziga buysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;
muttasil buyruq berishga, hammani o’z istaklariga so’zsiz buysundirishga intiladi;
ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin buysunuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik gururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;
o’ziga buysunuvchilar oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.
Xullas, avtokratik rahbar o’ziga bino kuygan, dimogdor, uz qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, xukmini o’tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda kolsa, o’sha yerda dagallik, takabburlik, tazyik o’tkazish, majbur qilish kabi uta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bulmaydi. Ba'zi bir hollarda buysunuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
biron xodim bilan ham aloqani bo’zishni istamaydi;
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
suiste'mollarga bevosita yul quymasa ham o’zini bilmaslikka soladi.
Bunday rahbar tashqaridan kursatiladigan ta'sirga moyilligi bilan kuzga tashlanib turadi.
3.
Demokratik rahbar
*Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga, ular bilan maslaxatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi;
buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Rahbar fazilatlari
Fazilat – bu ijobiy hislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har hil hulq - atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bogliq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning akmashinishiga tez kunikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bulayotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
Mana shu hil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha «sangvinis», yani «kon» degan so’zdan kelib chikkan.
Sangviniklar tuygu «jushqin» xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Ular:
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda kunikadigan;
so’zini aniq va manoli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.
Agar kishida shillik xukumron urin tutsa unday kishilar ogir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barkaror, vokealar va xayot taassurotlariga lokayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday hil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shillikni «flegma» deyishgan.
Flegmatiklar:
ta’sirchanligi sust bo’ladi;
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan kuchadilar;
faolliklari kam;
yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
harakatlari va nutklari sust;
kungilsiz xodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
sabr-tokatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, uzga shaxslar bilan xayajonlanmay gaplashadilar.
Gippokratning fikricha, agar kishida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, kat’iy, harakatchan bo’ladi. Bu toyifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (koni kizik kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni «xoley» deyishgan.
Xoleriklar – kutarinki ruxda ishlay oladigan, karshiliklarni yenga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanok tez o’zgarishi mumkin. Ular serjaxl, uzini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining oxangi uzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Raxbar va boshqa kishilarga nisbatan uzini Tug’ri tutadi.
Nixoyat Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning axvoli, ruxiyati bir hilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda «melanxolik» so’zi «kora safro» degan ma’noni bildirgan.
Melanxoliklar: