Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Hokimiyat va shaxsiy ta’sir



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə73/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
маъруза матни Менежмент

Hokimiyat va shaxsiy ta’sir
Hokimiyatga ega bo’lish – degani, odamlarga ta’sir qila olish, odamlar yoki guruhlar xulq – atvorini va munosabatlarini o’zgartira olish degani. Hokimiyat va uni manipulyatsiya qilish boshqaruvni asosiy vazifasi hisoblanadi.
Hokimlik kuchi va rahbar vakolati o’rtasida bog’liqlik mavjud, ya’ni qancha boshqa insonga bog’liqlik kuchi bo’lsa, mazkur odamning hokimligi shuncha yuqori bo’ladi. Ishchi va rahbar hokimligi balansini ta’minlash, javobgarlikni taqsimlash orqali amalgam oshiradi, ya’ni menejer boshqaruv funksiyasini boshqaruv jarayonida vakolatni bir qismini ishchilarga beradi. Bu erda shuni e’tirof etish joizki, ishchiga menejer o’rniga ishlashga bergan huquq vaqtincha bo’lib, vazifa bajarilish davrigacha davom etadi. Hodim vazifani bajarilishi va uni samarali yakun topishiga javobgat bo’ladi. Vazifani o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun, bir vaqtning o’zida hokimlik vakolati topshiriladi. Ammo ba’zi menejerlar o’z hokimligini birovga topshirgisi kelmaydi, qaror qabul qilinganda hodimlar etarli vakolatga ega bo’lmasligi vazifani samarali bajarilishi imkoniyatlarini pasaytiradi.
Javobgarlik aniq bo’limlat boyicha taqsimlanadi (masalan moliya). Bu holatda hokimlik funksiyalari moliyaga munosabatan emas, balki o’z ishini yaxshi bajaruvchi moliyaviy loyihachiga qaratiladi (moliyani bajaruvchi, menejerga nisbatan buni yaxshiroq biladi). Taqsimlash – bu hokimiyatni bo’lish usulidir. Bu holat birinchidan, juda yaxshi va jipslashgan gurux xodimlarini tuzadi (hokimiyatga ega bo’lgan odamlar, ular o’zlarini kuchiga ishonadilar va shuning uchun sizning guruxingizda qoladilar). Ikkinchidan, siz qancha hokimlikni boshqalar bilan bo’lishsangiz, shuncha sizning boshqaruv mehnatingiz samarali bo’ladi, chunki siz qiyin ishlardan ozod bo’lasiz.
Hokimlikni aqliy muvozanatini ushlab turish kerak: tashkilotni maqsadga erishishdagi etarli va ishchilarda salbiy qarashlarni vujudga keltirmovchi hokimlik.

Rahbar va ishchilarni hokimiyatini muvozanatlash
Hokimiyat turli shakklarni qabul qilishi mumkin. Shu bilan birga uni uch turi mavjud: utilitar (manfaat nuqtai nazaridan), normali - avtoritar va aralash.
Utilitar hokimiyat – bu kuchli motivlar yordamidagi ta’sir. Ishni bajaruvchi agar “shuni” qilsam “bunga” ega bo’laman deydi.
Normali - avtoritar hokimligi –qonuniy hokimlik. Bajaruvchi, tahbar farmon berish huquqiga egaligi va uning vazifasi esa buyruqni so’zsiz bajarish kerakligiga ishonadi.
Aralash hokimlik – guruh hokimligi. Bu hokimlik katta va g’ayriixtiyoriydir. Meyorlar guruh tomonidan o’rnatiladi, shuning uchun bizning xulq – atvorimiz tashkilot meyorlari va madaniyatiga yozilishi kerak.




Hokimlik shakli




Rahbarni xodimga ta’sir qilish modeli
Biz hokimiyat bilan ish ko’rganimizda, hamma hollarda rahbarni ishchiga bo’lgan ta’sir darajasi ko’zda tutiladi.
Ta’sir – bu bir individualni xatti harakati, u boshqalarning xulq – atvoriga o’zgartirish kiritadi.
Rahbarni ishchiga ta’sir qilish jarayoni yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin