Qabul shartlari va nomzod haqida ma’lumotlar
Qabul uchun kerakli hujjatlar (ariza, ishga qabul qilish to‘g‘risida xat, attestat nusxasi, tarjimai hol, imzo namunasi, fotosurat, tavsiyanoma, sinov ishi);
Firma manzili
Turli axborot manbalaridan xodimlar tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydalanish mumkin:
Manbalar
|
Axborot mazmuni va uning ahamiyati
|
Ishga qabul qilish to‘g‘risida ariza
|
Nomzod haqida dastlabki tasavvurni hosil qiladi
|
Fotosurat
|
tashqi ko‘rinish haqida tasavvur hosil qiladi
|
Tarjimai hol
|
o‘sish jarayonini ko‘rsatadi, shaxsni chuqurroq bilishga imkon beradi
|
Shaxsiy varaqa
|
qabul qilinuvchi haqidagi eng muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni yig‘adi va sistemaga soladi, ma’lumotlarning unutilmasligiga yordam beradi
|
Yetuklik attestati
|
maktabdagi o‘zlashtirish to‘g‘risida ma’lumot beradi, kasbiy malaka yoki ishga qabul qilinishi bo‘yicha esa nisbiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi
|
Mehnat daftarchasi
|
tarjimai holdagi ish joylarini tasdiqlaydi, oldingi faoliyat doirasini yoritib beradi, ba’zan atamalar tufayli chegaralangan bo‘ladi, malaka tavsifini ko‘rsatishi mumkin
|
Tavsiyanomalar
|
kasbiy yaroqlilik tomonlarini yoritadi
|
Qabul qilinuvchi bilan suhbat
|
boshqa manbalar yordamida axborotdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini beradi, qabul qilinuvchi haqida shaxsiy tasavvur hosil qiladi
|
Sinov ishi
|
muayyan ishni bajara olish qobiliyati (masalan, ma’lum ko‘nikmalarga egaligi va h.k.)
|
Tibbiy ko‘rik (kasbga yaroqlilik uchun)
|
kasbga yaroqliligi to‘g‘risidagi tavsiflarni qisman o‘z ichiga oladi (aqliy barkamollik, eruditsiya, kasbiy sifatlar, xarakteri qirralari, ruxsat berilgan yaroqlilik darajasi)
|
Psixologik testlar
Grafologik xulosa
|
xarakteri yaroqliligi to‘g‘risida umumiy va xususiy nuqtai nazardan ma’lumot beradi; bu ma’lumotlar tortishuvli; faqat da’vogar roziligi bilan ruxsat etiladi; agar nomzod rahbarlik lavozimiga da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, arizaga qo‘shib topshiriladigan, qo‘lda yozilgan hujjatlar zarur bo‘ladi
|
Dostları ilə paylaş: |