Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə82/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
маъруза матни Менежмент

Mehnat bozorlari
Xodimlarni jalb qilishda tashqi va ichki ishchi kuchi bozorlaridan foydalaniladi, ya’ni yoki tashkilot ichidan, yoki chetdan ishchilar jalb qilinadi. Tashkilotning o‘z xodimlari ichki bozorni, chetdan jalb qilingan ishchilar esa tashqi bozorni ifodalaydi. Ichki bozordan xodimlarni tanlash jarayoni sxemasi rasmda ko‘rsatilgan
Ichki bozordan xodimlarni qabul qilish sxemasi

Da’vogarlarni baholash standart baholash mezonlari bo‘yicha o‘tkaziladi.




Xodimlarni baholash mezonlari
Xodimlarni baholash mezonlari:
1.Ma’lumoti va ishlab chiqarish tajribasi:

  • ma’lumoti;

  • ishlab chiqarish tajribasi;

  • qo‘l mehnati;

  • mustaqil ishlaganligi;

  • ishlab chiqarish xarajatlariga mas’uliyati;

  • xodimlarni boshqarishi;

  • birgalikda ishlashi.

2.O‘zini tutishi (o‘zini tutish uslubi);

  • tashqi ko‘rinishi;

  • o‘z kuchiga ishonishi (o‘ziga ishonuvchanligi, ishonchliligi, mustaqilligi);

  • moslanuvchanligi va kirishuvchanligi;

  • vazminligi;

  • adolatparvarligi va vijdonliligi (halolligi);

  • kishilarni birlashtiruvchanligi.

3.Maqsadga intiluvchanligi:

  • xizmatda yuqori ko‘tarilishga xohishi;

  • tashabbuskorligi;

  • topshiriqni bajarishga tayyorligi;

  • butun kuchi bilan harakat qilishi;

  • ma’lumotini oshirishga qobiliyati.

4.Intellektual qobiliyati:

  • zehni o‘tkirligi (ziyrakligi);

  • fikrlash qobiliyati (abstrakt fikrlash qobiliyati);

  • turli ta’sir-harakatlarga reaktsiyasi;

  • mulohaza yuritish darajasi;

  • muzokara olib borish qobiliyati.

5.So‘zlashish uslubi:

  • topqirligi;

  • ko‘p gapirishi;

  • fikrlarini aniq ifoda eta olishi.

6.O‘ziga xos tomonlari.
7.Kasbiy muvofiqligi:

  • kasb bo‘yicha;

  • shaxsiy xususiyatlari bo‘yicha.

Bayon etilganlarni yakunlab, quyidagilarni ta’kidlash kerak:

  • xodimlarni tanlashning intuitiv usullarini bozor tipidagi mehnat jamoasini shakllantirishga qo‘llab bo‘lmaydi;

  • xodimlarni tanlash sohasidagi xodimlar siyosati o‘zgardi;

  • xodimlarni tanlash aniq reja asosida o‘tkazilishi lozim;

  • mehnat resurslarini rejalashtirish jarayonida xodimlarning mavjudligi, ularga kelgusidagi ehtiyoj aniqlanadi va ularni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqiladi;

  • xodimlarni tanlash uchun ichki va tashqi ishchi kuchlari bozorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin