Mukofotlashning tarkibiy tizimini takomillashtirish
Stratеgik usullar
Uzoklashish
Silliklashish
Majburlash
Kеlishuv
Muammoni xal qilish
11.3.-chizma. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari.
Boshqarishda vakolatlar iyerarxiyasini, ya'ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, buysunish tartibini o’rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muovfiklashtiradi.
Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati – barcha katnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi. Disfunktsional oqibatlar-dan holi bulish hamda kishilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta'sir utkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofatlash tizimi keng qullaniladi.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatini yumshatishning beshta strategik usuli ma'lum (29-chizma).
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muxokamaga katnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bulmagan va o’zaro munosabatlarning zoxiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qullaniladi.
Silliklashish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiklanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga so’zayotgan kayikni «kaltis tebratish» yaramasligiga chakirishadi.
Majburlash – bu tomonlardan birining xoxish irodasini, so’zini majburan, zurlab qabul qildirishdir. Bunday strategiyani qullaydigan tomon tajavvuzkorlik bilan o’z xoxishini qarshi tomonga majburlab utkazadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvofakkiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni kanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni kanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chiqaruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xoxlaydilar.
Stress va uni boshqarish
Stress – inglizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik keskinlik degan ma'nolarni anglatadi.
Asabiylik turli jismoniy va akliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tugilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruxiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: «u asabiylashdi» deb aytishadi. Shu ma'noda asabiy tushunchasi:
asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining bo’zilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;
asablarning ko’zgalishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, bakirik-chakirik) kabilar ma'nosida talqin qilinadi.
Kanadalik buyuq fiziolog Gans Sels asabiylashishini odam yoki xayvon organzimining har qanday ta'sirga o’ziga xos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bulinadi:
Boshlangich ta'sirchanlik (emotsional) tuygusi (galayon); a'zoi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.
Qarshilik ko’rsatish bosqichi.
Tolikish bosqichi.
Stress – bu oddiy va ko’p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bo’lish, xayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bulmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:
yul kyshilishi mumkin bo’lgan va
haddan tashqari asabiylashganlik darjasini bilmogi lozim.
Stressni sodir bulishiga asosan ikki yunalishdagi omillar sabab bo’ladi (30-chizma).
Asabiy holatning vujudga kelishi va uning utib ketishi, ruxiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda:
ongni faoliyatidagi ayrim tomonlar to’xtashdan koladi;
idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo bo’ladi;
kutilmagan kuzgalishlarga nisbatan ayni bir hil bulmagan ta'sirlar yuzaga chiqadi;
diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar.