Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Muloqot o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə86/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
маъруза матни Менежмент

Muloqot o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar

  1. Muloqot olib boriluvchi shaxs lavozim yo‘nalishini bilishi lozim.

  2. Muloqot o‘tkazishdan oldin nomzod hujjatlarini tahlil qilish zarur: ariza shakli va mazmunini o‘rganish (jumladan, murojaat qilish madaniyati, xatda xatolar bor-yo‘qligi va h.k.), axborotning to‘liqligini aniqlash. Tarjimai holni ko‘rib chiqishda bir joyda muqum ishlagan yoki ishlamaganligiga asosiy e’tiborni qaratish kerak.

  3. Norasmiy suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

  4. Suhbat strukturasi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • kontakt (5 – 10 daqiqa), bu vaqt davomida savollar beriladi (firmaga qanday yetib keldingiz?), qahva tavsiya etiladi, ya’ni da’vogarga moslashishga imkon beriladi;

  • muloqot (20 – 60 daqiqa);

  • asoslashlar (20 – 45 daqiqa), (firma strategiyasi, an’analari, yutuqlari va ijtimoiy afzalliklari va h.k.);

  • munozaralar (5 – 10 daqiqa), kontraktning umumiy tomonlari muhokama qilinadi.

  1. Savollar to‘plamini tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.

  2. Axborotlarni yozib olish va muloqotdan so‘ng xulosa chiqarish lozim.

  3. Bir nechta nomzod bilan muloqotni faqat qisqa vaqt orlig‘ida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Muloqot o‘tkazish tadbirlari bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:

Muloqot bosqichlari




№ 1

Ochiq suhbatlar

№ 2

Ijobiy tomonlarni muhokama qilish

№ 3

Salbiy tomonlarni muhokama qilish

№ 4

Muammoni hal qilish yo‘nalishlarini aniqlash

№ 5

Da’vogar uchun vaqt krediti

№ 6

Muloqotni tugatish

Muloqot olib borish grafigini davrlar bo‘yicha qismlarga ajratish va aniqlashtirish mumkin:

  • suhbat boshlanishi (salomlashish, suhbat sabablarini tushuntirish va h.k. Bu bosqichda keyingi muomala uchun salbiy muhitni yaratmaslik muhim hisoblanadi);

  • turli ijobiy tomonlarni muhokama qilish (ko‘rsatkichlar o‘tgan davrdagiga nisbatan yaxshilanganligini ta’kidlash va h.k.);

  • salbiy tomonlarni muhokama qilish (tanqid shaxsga nisbatan emas, ishga taalluqli bo‘lishi lozim. Muloqot olib boruvchining o‘zi ishni yaxshi bilishi juda muhimdir);

  • ish natijalarini yaxshilash yo‘llarini topish;

  • o‘ylash va o‘z nuqtai nazarini ifodalash uchun vaqt krediti. Agar nomzodda biror taklif bo‘lsa, uni o‘zining oldida yozib olish va rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilishiga va’da berish kerak;

  • muloqotni tugatish (ijobiy muhit yaratish, muloqot uchun minnatdorchilik bildirish va xayrlashish).

Nomzodni baholashni nisbatan soddalashtirilgan sxemada olib borish mumkin:


Da’vogarni baholash mezonlari



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin