Ishga qabul qilish Yollash to‘g‘risida kontrakt tuzilishi quyidagilarni bildiradi:
ishni bajarish to‘g‘risidagi Sizning taklifingiz qabul qilindi;
Siz ish bajaruvchi xodimni boshqarasiz (shaxsan yoki boshqa xodim orqali);
Siz unga nima qilish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma berasiz;
Siz unga qanday qilish kerakligi to‘g‘risida yo‘riq berasiz;
mazkur vazifa odatdagi ishingizning bir qismi hisoblanadi.
Kontrakt muddatlari va shartlari to‘g‘risida xodimga taqdim etilishi lozim bo‘lgan minimal axborot hajmi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
tomonlarning nomi (ish beruvchi va ishchi);
ishning nomlanishi;
ish boshlanadigan sana (agar mazkur kontrakt muayyan vaqtga tuzilayotgan bo‘lsa, kontraktning amal qilish muddati tugaydigan sana ham ko‘rsatiladi);
tarif stavkasi yoki maosh qanday usulda to‘lanishi;
mehnatga haq to‘lash davriyligi (haftalik, oylik yoki boshqacha – oddiy ish vaqti);
bayram kunlari va ularning to‘lanishi;
kasallik yoki baxtsiz hodisa sababli ishga chiqmaganlikni rasmiylashtirish qoidasi va ularning to‘lanishi;
pensiyalarni hisob-kitob qilish sxemasi va xodimga nisbatan davlat pensiya sug‘urtasi tizimi qo‘llanilishi yoki qo‘llanmasligi to‘g‘risidagi belgilar;
shikoyat qilish tartibi;
ish belgilangan muddatdan oldin to‘xtatiladigan bo‘lsa, xodimga oldindan bildirishnoma topshirish yoki xodimning oldindan ariza bilan murojaat qilish muddati;
Ko‘rsatilgan hujjat yuqorida sanab o‘tilgan barcha punktlarni o‘z ichiga olishi kerak.
o’zbek tilining izohli lug’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:
«Nizo – bu o’zaro kеlishmovchilik yoki qarama - qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat; ihtilof, nifoq».
Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida uylaganlarida dushmanlik, qurkitish, bosqinchilik, tortishuv kabi nohushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqaruv jarayonida nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
o’zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va xokazolarni ko’rsatish mumkin.
Nizoning turlari va ularning urni
Jamoa a'zolari orasida nizolarning ko’pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo’ladi:
Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.
Vazifalarning o’zaro bog’liqligi.
Maqsadlardagi har hillik.
Erkinlik, mustaqillik va o’zaro qadrni bilishdagi har hillik.
Manmanlik, qaysarlik.
Kommunikatsiya - o’zaro aloqaning qoniqarsizligi.
Nizolarning asosan turt hili ko’p uchrab turadi