Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə64/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
маъруза матни Менежмент

Venchur korxonalar kichik biznesning bir turi bo`lib, ular:
-ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;
-yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
-ishlab chiqarishni boshqarish;
-tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-yirik firmalar va davlat ijara shartnomasi buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan shartnoma-bitimlar asosida bajaradi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo`nalishlarida faollik ko`rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shadi.
Ijara korxona mol-mulkni yollash bo`yicha mulk egasi bilan tadbirkor o`rtasidagi iqtisodiy munosabat. Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to`lov evaziga va ma’lum shartga ko`ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymati va keltiradigan daromadga bog`liq bo`lib, o`zaro kelishuv bilan belgilanadi. Yer, uy-joy, savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va olish jahondagi ko`pgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo bo`la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko`rinishi bo`lib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining egasi bo`lib qoladi.
Konsalting ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko`rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o`z mijozlariga maslahat xizmati ko`rsatish va texnik loyihalar ni ekspertiza qilish bilan bog`liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;
- maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishi va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko`maklashish;
- yagona axborot-so`rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yo`nalishi)ni amalga oshirish yo`li bilan ularning a’zolari faoliyatini umummaqsadlar yo`lida jamlash va hokazo.
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro`yxatga olish uchun ta’sis hujjatlarni tayyorlash bo`yicha maslahatlar berish;
-marketing bo`yicha izlanishlar o`tkazish;
-xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
-tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha maslahat berish;
-reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish;
-huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
-intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo`yicha maslahatlar berish;
-ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni o`tkazish;
-firma ish uslubini ishlab chiqish;
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
-investitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurs va kapitallarni sotib olish bo`yicha maslahatlar berish va h.k.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin