Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə70/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
маъруза матни Менежмент

7.1-chizma. Menejment madaniyatining asosiy elementlari

Mеnеjmеnt madaniyati





xujjatlar yuritish madaniyati

Boshqaruv xodimlari madaniyati

Boshqaruv jarayoni madaniyati

Mеhnat sharoiti madaniyati









Boshqaruvning zamonaviy tеx-nologiyasi


xujjatlarni rasmiylashti-rish

Xodimlari madaniyatining umumiy darajasi

Ishlab chiqarish madaniyati





Boshqaruv mеxnat makbul tashkil etish


xujjatlarning xizmat qilish muddati

Ish joyini tashkil etish madaniyati

Boshqaruv ilimini bilish







xujjatlar dan foydalanishning qulayligi

Boshqaruv jarayonini komplеks mеxaniza-tsiyalash va avtomatlashtirish

Boshqaruv san'atini egallash

Joylashtirish







Xizmat ko’rsatish



Xodimning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatlari



xujjatlar bilan xizmat ko’rsa-tish ishonchliligi

Tashrifchilarni qabul qilish, tеlеfon orqali so’zlanish, majlislar o’tkazish madaniyati

Shovqin

Jixozlash


qurollash





Boshqaruv uslubi





Menejment madaniyatining barcha elementlari o’zaro bog’liq va o’zaro ta'sir etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshqaruv xodimlari madaniyati yetakchi ahamiyatga ega. Menejer boshqaruv jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga erishish va uz mehnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.
Boshqaruv xodimlarining madaniyati ko’p omillarga bog’liq, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshqaruv ilimini chuqur va har tomonlama bilish va uni o’z faoliyati jarayonida qullay olishi bilan tavsiflanadi.
Boshqaruv madaniyatining ajralmas elementi - xujjatlar yuritish madaniyatidir (13- chizma). xujjatlarning boshqaruv jarayonidagi ahamiyati juda katta, chunki boshqaruvning biror-bir vazifasini xujjatlar asosida yetkazilib beriluvchi axborotsiz amalga oshirib bulmaydi. xujjatlardagi axborot korxona tashqi va ichki faoliyatining hamma tomonini kamrab oladi.
Boshqaruv jarayonining barcha operatsiyalari amalda xujjatlardan boshlanib, xujjatlar bilan tugaydi.
Boshqaruv madaniyatni takomillashtirish – uning barcha elementlarini takomillashtirish demakdir.
Menejer va rahbarlik uslubi
Menejer – bu maxsus tayyorgarlik kurgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijoriya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilari menejerlar deb yuritiladi.
Menejerlar boshqaruv poganasiga binoan uch toyifaga bo’linadi:

  • Yuqori pogona menejerlari.

  • o’rta pogona menejerlari.

  • Quyi pogona menejerlari.

Yuqori pogona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
o’rta pogona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovorlarni uzlashtirish, texnologiyani qullash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi.
Quyi pogona menejerlari quyi bug’inda, masalan, sex, bulim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
Boshqaruv uslubi – bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yullari majmuidir.
Ish uslubi – bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning buysunuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yullari majmuidir.
Masalan:

  • mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;

  • vazirlik, kumita, xoqimliklarning ish uslubi;

  • sud, proko’raturaning ish uslubi;

  • korxona, sexlarning ish uslubi;

  • ayrim rahbarlarning ish uslubi va xokazolar. Boshqaruvning turli pogona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarining ish uslublari har hildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.

Rahbarning ish uslubi va uni boshqarishdagi roli.


Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va kul ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u uz vazifalariga muvofiq ish ko’radi.
Rahbarlik uslubi, belgisi va buysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin (8-jadval).

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin