Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
маъруза матни Менежмент




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

MENEJMENT”


fanidan
MARUZALAR MATNI

QARSHI


Tuzuvchilar: F.Temirova.

Taqrizchilar: i.f.n.dots.I.E.Tursunov


i.f.n. dots. SH.SH.Fayziyeva

Mazkur ma'ruzalar matni Oliy ta‘limning iqtisodiy bakalavr ta‘lim yunalishidagi talabalari uchun


Ma'ruzalar matni «Ishlab chiqarish menejmenti» kafedrasining umumiy yig’ilishida (Bayonnoma №___ «____»________ 201_ yil), «Iqtisodiyot» fakul’tetining uslubiy kengashida (Bayonnoma №___ «____»________ 201_ yil), QMIIning uslubiy kengashida (Bayonnoma №___ «___»____ 201_ yil) muhokama qilinib o’quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan.


KIRISH

Bugungi kunda hal etilishi lozim bo’lgan masalalarni yechimi uchun mamlakatimizga menejment sohasida jahon andozalariga mos keluvchi yuqori malakali mutaxassislar kerak. Shu kunning mutaxassisiga, birinchidan, iste’molchilarni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bozorni har tomonlama tahlil qila bilish, ikkinchidan bozorga ta’sir eta bilish talabi quyiladi. Har bir bo’lajak boshqaruvchi boshqaruv sohasining nazariy va ilmiy-uslubiy jixatlarini yetarli darajada bilishi lozim. Bu boshqaruvchining har qanday vaziyatlarni chuqur tahlil etishi, mavjud muammolarni hal etishda oqilona yondashishi va eng asosiysi, menejment asoslarining asl mazmuni va mohiyatini chuqur anglab olishi kabilarda namoyon bo’ladi.


Menejment tamoyillariga muvofiq zamonaviy korxona xo’jalik faoliyatining barcha tomonlari bozor talablarini, iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda rejalashtirishi va amalga oshirishi kerak. Aytish kerakki, zamonaviy korxonalarning ishlab chiqarish sotish faoliyati sohasidagi katta yutuqlari, ishlab chiqariladigan tovarlarning xilma-xilligi va sifati, ularning sotish bozorlariga kirib borishi, operatsiyalar miqyosiga ko’ra optimal bo’lgan ishlab chiqarishni yaratish bularning hammasi marketingni qollash natijasidir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida menejment va marketing asoslarining o’ziga xos tomonlarini chuqur o’rganishni taqozo etadi. Chunki, menejmentning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o’z vaqtida xis qilish va kamaytirishga, uning har xil muqobil turlarini, variantlarining eng maqbulini tanlashga, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan tuyintirish, doimiy talab mavjud bo’lgan sharoitda xaridorlarning turli guruxlari uchun sotish, narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
“Menejment” fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib 4-semestrda o’qitiladi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar “Iqtisodiyot nazariyasi”, "'Mikroiqtisodiyot” fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.
Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yunalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin