Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə4/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
маъруза матни Менежмент

Boshqaruvbu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani bu – boshqaruvchiga tanlovni to`g`ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o`rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo`g`inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o`rganadi.

  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish ob`yekti va sub`yekti;

  • boshqarish printsipi va usullari;

  • boshqarish madaniyati;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • menejer reytingi;

  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

  • boshqarish funkttsiyalari;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • samaradorlikni boshqarish;

  • o`z-o`zini boshqarish;

  • hududiy boshqarish va hakozolar.

Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob`yekti o`rtasidagi o`zaro munosabat bo`lib, uning asosiy vazifasi o`quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini , rahbarlik san`ati sirlarini o`rgatishdan iborat.
Fanni o`qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg`otishdan iborat. Chunki, hozir boshqarish asoslarini o`rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari , kichik, o`rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy , ijtimoiy , tashkiliy – texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo`yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishda davat etilgan mutaxassislar bo`lib yetishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqarish ham ularning zimmasida bo`ladi.


Menejment ob`yekti va sub`yekti.
Menejment ob`yekti haqida so`z yuritganda, yeng avvalo, ob`yekt so`zining lug`aviy ma`nosiga e`tibor berish kerak bo`ladi. Shu ma`noda ob`yekt – bu:

  • bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;

  • kishi – faoliyati, diqqat-e`tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;

  • xo`jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo`lgan korxona, qurilish , ayrim uchastka va b.

Demak , ob`yekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo , jamiyat) darajasidagi bo`lgan ma`noni o`z ichiga oladi. Masalan, “haydovchi o`z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo`ldan chiqib ketgan ”. Bu yerda boshqaruv ob`yekti bo`lib mashina hisoblanadi.
Yoki , “U kishi o`zini juda yaxshi boshqara oladi” . Bu yerda boshqaruv ob`yekti bo`lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqaruv ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub`yekti, ya`ni boshqaruv organlari yoki menejerlar boshqaruvchilar bo`lib hisoblanadi.
Shu nuqtay nazardan ob`yekt va sub`yektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval).

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin