1.1-jadval. Menejment ob`yekti va sub`yekti
№
|
Menejment
|
Ob`yekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)
|
Sub`yekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
|
1
|
2
|
3
|
I-Makrodarajada.
|
1
2
3
|
Mamlakat (respublika)
Viloyat
Tuman (shahar)
|
Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
ijro etuvchi hokimiyat (O`zR Vazirlar Mahkamasi)
Sud hokimiyati.
QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari.
QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari.
QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
Tuman (shahar) xalq deputatlari
Tuman (shahar) lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari
|
II-Megodaraja
|
4
5
|
Kontssern (ko`p tarmoqli korporatsiya)
Sektor (tarmoq)
|
Qo`mitalar va ularning raislari
Vazirliklar va vazirlar
|
III-Mikrodaraja
|
6
7
8
9
10
|
Korxona (firma) , korporatsiya
Xodimlar
Ishlab chiqarish
Samaradorlik
O`z-o`zini boshqarish
|
Jamoa kengashi va raislar, prezident
Korxona (firma) rahbarlari , bo`g`in boshliqlari
Korxona (firma) rahbarlari, bo`g`in boshliqlari
Korxona (firma) rahbarlari , bo`g`in boshliqlari
Fuqarolar yig`ini rais (oqsoqol) lar
|
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob`yekt va boshqaruvchi sub`yekt tizimlaridan tashkil topadi.
Menejment fani foydalanadigan usul (usul) lar.
Menejment fani voqelikni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob`yektni aks ettiruvchi, uni talqin yetishga yordam beruvchi ma`lumot (fakt) lar jamlab baholanadi. Bu ma`lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo`lishi mumkin. Bu boshqaruvchi idrok yetishdagi yempirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o`rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval).
1.2-jadval. Menejment fanining tahlil usullari.
№
|
Tahlil usullari
|
Mazmuni
|
1
|
Sistemali yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob`yekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo`lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondashuv
- sistemali-funksional yondashuv
- sistemali-tarkibiy yondashuv
- sistemali-kommunikatsion yondashuv
|
2
|
Kompleks yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob`yekt boshqa ob`yektlari bilan o`zaro bog`lanishda va aloqadorlikka qaraladi.
|
3
|
Tarkibiy yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob`yekt tarkibiy qismlarga bo`lib o`rganiladi.
|
4
|
Vaziyat (situatsiya)li yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob`yektning konkret sharoitida ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma`qul uslubi qo`llaniladi.
|
5
|
Integratssion yondashuv
|
- Boshqariluvchi ob`yekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar) ni birgalikda qo`llash yordamida boshqariladi.
|
6
|
Modellashtirish usuli
|
- Boshqariluvchi ob`yektni boshqarish bo`yicha turli sxema , grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.
|
7
|
Iqtisodiy-matematik yondoshuv
|
- Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo`llash.
|
8
|
Kuzatish usuli
|
- Boshqariluvchi ob`yekt to`g`risidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy , uyushtirilgan asosda to`plash usuli
|
9
|
Eksperiment (tajriba) usuli
|
- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob`yektga nisbatan namunaviy tajribadan o`tgan usullarni qo`llash.
|
10
|
Sotsiologik kuzatuv usuli
|
- Boshqarish maqsadida turli anketali so`rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o`tkazish.
|
Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog`liqlikda foydalanishni taqozo etadi.
Menejment fani boshqarish to`g`risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment , dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog`liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo`llab, har bir xodimga va jamoaga ta`sir ko`rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot , mikroiqtisodiyot, statistika , istiqbolni belgilash. Mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog`liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini , boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo`lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o`rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog`langandir.
Dostları ilə paylaş: |