Mumtoz menejment namoyondasi A.Fayol olg`a surgan tamoyillari. “Ilmiy menejment” namoyondalari o`z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot. Boshqaruvini takomillashtirishga bag`ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasida masalalar bilan, ya`ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug`ullanishgan. Ma`muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug`ullana boshladilar.
Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvafaqqiyatga erishib, shuxrat qozonib, martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv tug`risidagi tushunchalariga keskin ta`sir etgan. Ulardan farqli o`laroq. Mumtoz ma`muriy maktabning asoschilari:
Yirik biznes sohasida mashhur boshqaruvning yuqori bo`g`inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo`lishgan.
Ularni tashvishlantirgan bosh masala – bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo`lgan. Shunday maqsad quyilgan bo`lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e`tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy usulologik asosga ega bo`lmagan.
“Mumtoz” chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e`tiborni qaratishgan:
tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo`linmalar yoki ishchi guruhlarga bo`lishni , moliya ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan.
tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo`lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo`ysunishi lozim degan g`oyani ilgari surishgan.
A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan fransuz olimlardandir. U Fransiyadagi ko`mir qazib oluvchi yirik boshqargan. A.Fayol o`zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916-nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g`oyalari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan (4-jadval).