Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Menejmentda tizimli yondashuv



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə17/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
маъруза матни Менежмент

Menejmentda tizimli yondashuv.
Menejmentda tizimli yondashuv avvalo boshqaruv obekti murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, o‘zgaruvchan tizim, ichki tartib va o‘zaro aloqaga bir butun yaxlitlikni tashkil etuvchi unsurlar yig‘indisi sifatida o‘rganilishini ifodalaydi. Tizim yondashuvi boshqariladigan obektning barcha tarkibiy qismlari uzviy amal kilishini ta’minlaydi, bir tomonlama yondashuvni inkor etadi, tizimning turli unsurlari o‘rtasida nomutanosiblik va qarama-karkiliklarni bartaraf etishga yordam beradi va shu sababli fakat boshqaruv obektiga nisbatan emas, balki boshqaruvning o‘ziga nisbatan xam amalga oshirilishi kerak.
Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o‘rganish jarayonida menejmentda tizimli yondashuv mohiyati asosan quyidagilardan iborat:

  • boshqaruv maqsadlarini yaratish;

  • kuyilgan maqsadlarni amalga oshirishdan eng kam xarajat qilib, eng katta samaraga ega bo‘lish;

  • maqsad, usul va va ularga erishish vositalariga mikdoran baxo berish va faoliyatning rejalashtirilgan natijalariga ega bo‘lishning barcha imkoniyatlarini baxolash.


О‘zbekiston Respublikasi xalq xо‘jaligi

Tarmoqlar



Transport

Sanoat

Qishloq xо‘jaligi


sohalar


Aviasozlik

Mashinasozlik

Asbobsozlik

korxonalar (Aksionerlik jamiyatlari)





Firma

Assosatsiya

Konsern







Ijara korxona

Firma

Shirkat







Boshqaruvchi kichik tizim

Boshqariladigan kichik tizim

Xar bir murakkab tizim yirik tizim unsuri sifatida o‘rganiladi, uning bu yirik tizim boshqa unsurlari bilan o‘zaro ta’siri va aloqasi tahlil etiladi. Nisbatan mustaqil (alohida) tizim o‘rganilganda uni unsurlar kuyi tartibdagi kichik tizimga ajratiladi xamda bu unsurlarning o‘zaro aloqa va ta’siri tadkik kilinadi. Masalan, agartxalq xo‘jaligini o‘rganiladigan bulsa, u bir tomondan yirik tizim sifatida, boshqa tomondan xalq xo‘jaligi tarmoqlari unsurlari (sanoat, kishlok xo‘jaligi, transport, kurilish va x.k.) yig‘indisi sifatida tahlil kilinishi mumkin. Sanoat xalq xo‘jaligi tizimining unsuri sifatida xamda kichik tarmoqlar, sohalar, ishlab chiqarishbirlashmalari, korxonalar birikmasi sifatida, korxona esa xam assosatsiya, aksionerlik jamiyatlari, firma, birlashmalar unsuri sifatida, xam sex, bulinma, brigadalar majmui sifatida o‘rganish mumkin.


Menejmentda tizimli yondashuv ko‘plab muammolarni samarali xal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uni kullash maqsadlarni aniq bayon kilish, vazifalar ko‘lami va bajarilishi lozim bulgan ish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish, tizim doirasida buysunush tartibini urnatish, karor qabul kilish va uni bajarish borasida majburiyat va javobgarlikni taksimlash imkonini beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy vazifasi butun tizim amal kilish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Tizimli yondashuvni kullash umuman vaziyatga baxo berish barcha holat va okibatlarni xisobga olgan xolda boshqaruv karorlari qabul kiluvchi xar bir raxbar uchun zarurdir. Boshqaruvda tizimli yondashuvni kullash raxbardan mantikiy fikr yuritishni ya’ni, xar bir karorga kelish va asoslash jarayonida tizimning umumiy maqsadini aniqlash va barcha kichik tizimlar faoliyatini bu maqsadga erishishga yunaltirishni talab etadi. Bunda xar bir tizim undan yirikrok tizimning tarkibiy qismi sifatida o‘rganiladi, uni rivojlantirishning umumiy maqsadi ushbu yirik tizim rivojlanishi maqsadi bilan muvofiklashtiriladi.
Tizimli yondashuvda vazifalar tashkilotga moslashtirilmmaydi, aksincha tashkilot kuyilgan maqsadlar va ularni xal etish usullariga muvofik xolda tashkil etiladi yoki qayta to‘ziladi.
Kibernetika va unga bog‘liq ravishda maqsadlarni va boshqaruv karorlarini aniqlash, ishlab chiqarish, tekshirish, tadbik etish, matematik usul va EXMni kullash tizimli yondashuvning muhim unsurlaridan biriga aylanib koldi. Model so‘zlar vositasida, formulalar yordamida bayon kilinishi, chizma bilan ifodalanishi, EXM yordamida tizimni amalda tushunish, yangi, ilgari noma’lum bulgan haqiqatni topishga yunaltiriladi.
Bilimlarning xozirgi darajasi murakkab tizim bulgan iqtisodiyotni boshqarishda chizikli va dinamik dasturlash, yoppasiga xizmat ko‘rsatish, uyinlar nazariyasini kullash, statistik ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida xar tomonlama korrelyatsiya usulidan foydalanish imkonini beradi.
Tizimli yondashuvning kompyuterlarni kullash natijasida rivojlanishi ma’lumotlarning aniqlashtirilgan, kengaygan bazasidan samarali foydalanish imkonini beradi vauz navbatida axborot yigish va uni qayta ishlashni talab etadi. Iqtisodiyot tarkibi o‘zgarishi haqida ilmiy asoslangan, aniq axborotga ega bulmay turib, uning samaradorligini oshirishyullarini aniqlab bulmaydi.
Shunday qilib, rsepublika iqtisodiyotiga o‘zaro bog‘liq jarayonlar tizimi sifatida qarash mumkin. Kandaydir bir jarayon natijasida ma’lum maxsulot yaratiladi va bu ma’lum xarajatlar yig‘indisi bilan bog‘liqdir.
Ikki jarayon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bunda bir jarayon maxsuloti bulgan kumir elektroenergetika uchun resursdir. Bunday aloqalar tarmogi bir-biriga bog‘liq unsurlar tizimini tashkil etadi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin