Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Menejmentda vaziyatli yondashuv



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə18/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
маъруза матни Менежмент

Menejmentda vaziyatli yondashuv.
Boshqaruv vazifalarini bajarishda korxona va tarmoqlar o‘rtasida vaziyat o‘zgarishlari deb ataladigan farq larga e’tibor berish lozim. Ular ikki xil bo‘ladi: tashki va ichki. Ichki o‘zgarishlar aniq korxona, tarmoqni tavsiflaydi. Ichki muhitga korxona maqsadlari, resurslari, kattaligi, vertikal va gorizontal mehnat taqsimoti va x.k. kiradi. Korxonalar o‘rtasidagi ichki farq lari binolar o‘rtasidagi farq ka uxshaydi. Masalan, binolar arxitekturasi, materiali, kattaligi bilan farq qilib. Bu farq natijasida ularning biri klub, boshqasi kishilar yashaydigan uy bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday tarzda korxonalarning ichki farq lari ularning vazifalarini belgilaydi. Bu o‘zgarishlarni ma’lum darajada nazorat kilish mumkin va ular boshqaruv karorlari natijasida vujudga keladi. Raxbariyat tomonidan ichki o‘zgarishlar borasida qabul kilinadigan karorlar kanchalik samarali va unumdor faoliyat yuritishni belgilaydi.
Korxona kattaligi ichki farq lar korxonani boshqarishga kanday ta’sir etishning yorkin namoyon qiladi. Yirik aksionerlar jamiyatini boshqarish bilan kichik korxona, dukonni boshqarish o‘rtasida katta farq mavjud. Korxona kancha katta bulsa, uni boshqarish xam shunchalik kiyin bo‘ladi.
Tashki o‘zgarishlar korxonadan tashkaridagi muhit omillaridir. Ular katoriga yirik rakobatchi korxonalar texnika va texnologiyani olish manbaalari, ijtimoiy omillar, davlat boshqaruvi kiradi. Tashki muhit, tashki o‘zgarishlar korxona faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli boshqaruv karorlarini qabul qilishda vaziyatni hisobga olish zarur. Qaysi o‘zgarishlar korxona muvaffaqiyatiga kuchlirok ta’sir kilishini ko‘rsatish yetarli emas. Turli tuman vziyat kursatkichlari va boshqarish jarayonining barcha vazifalari o‘zaro bog‘liq, xamda ularni bir-biridan ajratib kurib chikish mumkin emasligi ma’lum kiyinchiliklarga olib keladi. Suvga tashlangan tosh butun kul buylab tarkaluvich tulkinlarni xosil kilgani kabi, biror muhim omilning o‘zgarishi butun korxona faoliyatida aks etadi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ko‘plab xam ichki xam tashki omillar ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi usuli aniq vaziyatni xisobga olgan xolda belgilanadi. Shu vaziyatga eng mos bulgan usul eng samarali usul bo‘ladi. Shu sababli muvaffakiyatli boshqaruv integratsiya kilingan yondashuvni talab etadi.
Vaziyat yondashuvibilan uzviy bog‘liq tizimli yondashuvda turli xususiy yondashuvlar, boshqaruv vazifalari uzviy bog‘liq bo‘lib, korxona kator o‘zaro bog‘liq kichik tizimdan iborat tizim sifatida o‘rganiladi; tizim nazariyasi raxbarlarga tizimning alohida qismlari o‘rtasidagi tizim va uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga imkon beradi. Vaziyat yondashuvi tizim nazaryasini amalda kullashni korxonaga ta’sir etuvchi asosiy ichki va tashki o‘zgarishlarni aniqlash yuli bilan kengaytiriladi, kuyilgan maqsadga erishish uchun boshqaruvning aniq usullarini aniq vaziyat bilan boglab amalga oshirish imkonini beradi.

Boshqaruv usullari to‘grisida tushuncha.


Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv obektini o‘rganish jarayonida qullaniladigan usullar tushuniladi.
Ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan esa usul deganda boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv obektiga ta’sir utkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
funksional tizimosti obektlarini boshqarish usuli;
boshqarish funksiyalarini bajarish usullari;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari;
har hil yondashuvlar, yusunlar, yullar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui – boshqaruvning aniq va o‘ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib:
Boshqaruv usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar quyilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uygunlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obektiv tarzda kelib chiqadi.

Boshqaruvning tashkiliy – ma’muriy usullari


Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu usullarga:

  • boshqarish apparatining muayyan strukturasini to‘zish;

  • har bir boshqaruv bug‘inining funksiyalarini belgilash;

  • kadrlarni tug‘ri tanlash;

  • buyruqlar, farmoyishlar va qullanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo‘llash kiradi.

Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning buysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularning ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi obektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek buysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.

  • Boshqarishning tashkiliy ma’muriy usullari ikki shaklda:

  • tashkiliy ta’sir ko‘rsatish usullari;

  • formoyish berish usullari shakllarida namoyon bo‘ladi (3.1 -chizma).




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin