Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Iqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyati



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə20/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
маъруза матни Менежмент

Iqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyati.
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi mumkin emas. Nazariya yangilanishning muhim usulidir. Fan esa voqelik xaqida obektiv bilimlarni o‘rganish va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi.
Qonun - falsafiy kategoriya bo‘lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, xodisalar yuz berishining aniq tartibda bo‘lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning obektiv yunalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarni bilash, ularni amalda ustalik bilan qo‘llay olishga asoslanishi kerak.
Umumiy falsafiy qonunlar materiya, xarakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab, oqibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. Iqtisodiy nazariya qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasida (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taqsimt, ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish) ifiodalanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik to‘liq va izchil foydalaNilsa, mehnat sarfi shunchalik samarali bo‘ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli boshqaruv qonunlarini o‘rganishda faqat amal qilishni emas, balki boshqaruv jarayonida ongli ravishda qo‘llanilishni ham ko‘zda tutish lozim. Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanishning ko‘p jixatdan ularni o‘rganish bilan bog‘liq. Qonunlar qanchalik chuqur o‘rgaNilsa, ulardan amalda tug‘ri foydalanish imkoniyatlari ortadi.
Lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llash uchun kafolat bo‘lolmaydi. Qonunlarni bilishda nazariya amaliyotdan ajralib qolishi foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o‘z vaqtida va tug‘ri qo‘llay olishga bog‘lik ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omildir.
Iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlri quyidagi sxemada aks ettirilgan:

Xо‘jalik faoliyatini tashkil etish

Qaror qabul qilish

Maqsadlarni belgilash va ularga erishish yо‘llarini aniqlash

Iqtisodiy qonunlarni bilish

Iqtisodiy qonunlar tizimi


Ko‘rsatilgan sxemani tahlil etish jarayonida uchta o‘zaro bog‘lik va ketma-ket, iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanilgan holda yechiladigan masalalarni ko‘rib o‘tish zarur:



  • mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo‘lish xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur va har tomonlama bilish;

  • iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarini belgilash va ularni hal etish yo’llarini aniqlash;

  • xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl va uslublarini qo‘llash.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin