O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti yaxlit ijtimoiy iqtisodiy tizim sifatida O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi, korxonalar, birlashmalar, tashkilot, tarmoqlar va mintaqalar murakkab, o‘zgaruvchan, yaxlit ijtimoiy iqtisodiy tizim bo‘lib, uning har bir bo‘g‘ini ijtimoiy ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molning turli jarayonlarini amalga oshiradi, bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi iqtisodiy tizimdir, chunki mehnat va moddiy resurslar qo‘shilishi natijasida moddiy boyliklar, shu jumladan, milliy daromad yaratiladi, shuningdek, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining kengaytirilgan takror ishlab chikarilishi jarayoni yuz beradi. Shu bilan birga, respublika xalq xo‘jaligi ijtimoiy tizim hamdir, chunki kishilar tomonidan yaratilgan tashkilotdir. Mehnat jarayonida kishilar o‘zaro ijtimoiy munosabatda bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar, o‘z faoliyatlari natijalarini ayirboshlaydilar. Demak, ijtimoiy munosabatlar subektlari kishilardan, obektlari esa ularning turli sohalardagi turli tuman faoliyatlaridan (ishlab chiqarish, fan, madaniyat, san’at va h.k.) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini boshqarish tizimi iqtisodiy, siyosiy, goyaviy, axlokiy, ruxiy va boshqa munosabatlar yig‘indisidan iboratdir. Ular orasida eng muhimi iqtisodiy munosabatlardir.
Iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari - bu barcha ustkurma munosabatlar asosida turuvchi va o‘z salmog‘i jihatidan munosabatlar tizimida yetakchi bulgan, asosiy munosabatlardir. Shu sababli, rsepublika iqtisodiyotini qayta qurishning mohiyati ma’muriy munosabatlar ustunligidan iqtisodiy munosabatlarga boshqaruvning barcha darajalarida manfaatlarni boshqarish va kishilar manfaatlari vositasida boshqarishga o‘tishdan iborat. Lekin mehnat jamoalari fakat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy, huquqiy vazifalarni ham bajaradilar. Demak, xalq xo‘jaligi boshqaruv obekti sifatida murakkab, o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iborat ekan.
Tarkibiy jihatdan rsepublika xalq xo‘jaligi turli xil ishlab chiqarish unsurlaridan (ish joyi, sex, korxona, konsern, tarmoq va x.k.) iborat. Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini - korxonadir. Korxona (firma) uz ish natijalari bo‘yicha tulik javobgardir. Korxona daromadlari butun mehnat jamoasi mehnati natijasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimi ikki kichik tizimdan axborot okimlari bilan bir tizimga bog‘langan ishlab chiqarish jamoasi va boshqaruvchilar jamoasidan iborat boshqaruv obekti va subektidan tashkil topgan. To‘g‘ri aloqa yullari bo‘yicha yukoridan pastga boshqaruv buyruklari, aks ta’sir yullari bo‘yicha pastdan yukoriga karorlar baarilishi haqida axborot yuboriladi.
Korxona (firma) sex bulinma, xizmat kabi unsurlarning o‘zaro boglanmagan, tasodifiy birikmasi emas. U o‘zi tashkil topgan unsurlarning korxona tashkil etilishida kuzda tutilgan maqsadga erishish uchun o‘ziga xos birikishdan iborat. Korxona (firma) yirikrok ijtimoiy iqtisodiy tizim - tarmoq tarkibiga kiradi va uning unsuridan iborat bo‘ladi, tarmoq esa uz navbatida yaxlit tizim - xalq xo‘jaligining tarkibiy qismidir (sxemaga qarang).
Shunday qilib, O‘zbekiston xalq xo‘jaligi yaxlit yirik tizim bo‘lib, barcha tarmoqlarni xo‘jalik yuritishning murakkab mexanizmiga biriktiradi.