O`rta Osiyada menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari. O`rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy prinsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko`rinishda mavjud bo`lgan. Ammo ular amir Temur hukmronligi davrida kelib ma`lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo`la oladi.
“Temur tuzuklari ” jahonga mashhur asardir. Uning qo`lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamalakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston,O`zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o`z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo`shin tuzish borasida tadbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo`lib, unda hatto qo`shinning jangovor sarflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko`rsatib berilgan.
Asarning o`n uch qism (kengash) dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo`shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirirgan ishlari o`z ifodasini topgan.
“ Tuzuklari” muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyat ma`lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.
Davlatni idora qilishda vazirlar. Amirlari va viloyatlarda o`tirgan noiblarning roli benihoya katta bo`lgan. Shuning uchun ham amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayanish ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo`lishi kerak. “Tuzuklar” muallifning fikriga ko`ra, masalan, vazirlar to`rt sifatga ega bo`lishlari shart.
Asillik, toza nastlik va ulug`vorlik.
Aqlu farosatlik.
Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g`amhurlik ko`rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo`lish.
“Tuzuklar” da keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra Amir Temur o`z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo`lgan ulkan malakatni bor yug`i etti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular 6-jadvalda berilgan.