Insoniy munosabatlar maktabi “Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyondalari mehnati ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko`ra:
rahbarning hodimga bo`lgan munosabatlari alohidalashtiriladi.
mehnatni rag`batlantirish qatiy normalashtirildi.
mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat`iylashtirildi.
mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi
yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat`iy o`rnatildi.
Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarining mehnati unumdorligini oshirishda g`oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko`p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyner usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar.
1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo`llanilayotgan texnologik usulning takomillashtirishini taqozo etdi Fan texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo`lgan munosabat tubdan o`zgaradi.
Shunday bir sharoitda 1820-1830 yillari AQShda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harakat sifatida “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi yangi nazariya “insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo`ldi. Bu maktabda amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
ishchi- bu fikrsiz robot emas , balki obro`-e`tiborga, o`z-o`zini hurmat qilishga, o`z qadr-qimmatini his etishga;
boshqa kishilar tomonidan ma`qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo`lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
tashabbuskorlikdan;
ishchilar bilan hamkorlikdan;
kompaniyadan “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg`usi” ni shakllantirishdan foydlanish hamda ularni rag`batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
“Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati.
XX asrning 60-80 yillarida g`arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlaydi, g`arb nazariyotchilarning boshqaruvning ijtimoiy tizimlari maktabini tashkil qilish maqsadida: