Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


-jadval. Vazirlar va ularning vazifalari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə14/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
маъруза матни Менежмент

2.4-jadval. Vazirlar va ularning vazifalari.



Vazirlar

Vazirlarning vazifalari

1

Mamlakat va raiyat vaziri

- Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.

2



Sipoh vaziri



- Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan , uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko`rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.

3

Mol-mulk, daromad harajatlar vaziri

- Turli sabablarga ko`ra egasiz qolib ketgan yer-suv va mol-mulkni boshqargan , zakot va boj yig`imiga mutasaddilik qilgan.

4

Sarkori hossa va saltanat ishlarini yuritiuvchi vazir

- Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazarat qilib turgan.

5

Qozikalon

- Adliya muassasalarini boshqargan.

6

Jalol ul-islom

- Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo`lgan nazoratchisi.

7

Vaziri devoni insho

- Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonning boshlig`i.

El-yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi ko`p jihatdan mana shu vazirlarga bog`liq bo`lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta`siri dunyoda buyuk davlat paydo bo`lishi bilan yakunlanadi.
Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib ketgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o`lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazarisi sifatida qo`llanila boshlandi.
Nazorat savollari.

  1. Boshqarish ta`limotidagi yo`nalishlar.

  2. “Ilmiy menejment” maktabining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?

  3. A.Fayol olg`a surgan tamoyillar.

  4. Insoniy munosabatlar maktabi haqida.

  5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati nimalardan iborat?

  6. O`rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari tamoyillari.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin