- Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.
2
Sipoh vaziri
- Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan , uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko`rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.
3
Mol-mulk, daromad harajatlar vaziri
- Turli sabablarga ko`ra egasiz qolib ketgan yer-suv va mol-mulkni boshqargan , zakot va boj yig`imiga mutasaddilik qilgan.
4
Sarkori hossa va saltanat ishlarini yuritiuvchi vazir
- Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazarat qilib turgan.
5
Qozikalon
- Adliya muassasalarini boshqargan.
6
Jalol ul-islom
- Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo`lgan nazoratchisi.
7
Vaziri devoni insho
- Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonning boshlig`i.
El-yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi ko`p jihatdan mana shu vazirlarga bog`liq bo`lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta`siri dunyoda buyuk davlat paydo bo`lishi bilan yakunlanadi.
Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib ketgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o`lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazarisi sifatida qo`llanila boshlandi.
Nazorat savollari. Boshqarish ta`limotidagi yo`nalishlar.
“Ilmiy menejment” maktabining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat?
A.Fayol olg`a surgan tamoyillar.
Insoniy munosabatlar maktabi haqida.
“Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati nimalardan iborat?
O`rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari tamoyillari.