Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə21/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
маъруза матни Менежмент

Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar.
Umumiy falsafiy va iqtsodiy qonunlardan tug‘ri foydalanilgan holdagina iqtisodiyotni muvaffaqiyatli boshqarish mumkin. Umumiy falsafiy qonunlar ta’siri ijtisoiy amaliyotda iqtisodiy rivojlanishi qonuniyatlari va yunalishlarini aniqlash shaklida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlar fani umumiy falsafiy, ham iqtisodiy nazariya umumiy qonunlarga buysunadi.
Umumiy falsafiy qonunlar bu avvalo quyidagi materialistik dialektika qonunlaridir:

  1. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni narsa va xodisalar miqdor va sifat jixatlarini o‘zaro bog‘likligi va ta’sirini tavsiflaydi.

  2. Qarama-qarshiliklar birligi va ko‘rashi qonuni xarakatlantiruvchi kuch, o‘z-o‘zidan xarakat qilib amalga oshuvchi rivojlanish manbaini ko‘rsatadi.

  3. Inkorni inkor etish qonuni cheksiz rivojlanish va takomillashish yunalishini belgilaydi. Eskirgan narsani inkor etmay, rivojlanishga erishib bo‘lmaydi, chunki inkor natijasida yangi narsa uchun joy yaratiladi. Shuning uchun inkor yangi bilan eski bog‘langan vaqtdir.

Bozor munosabatlari sharoitida menejment eski buyruqbozlik shakl va uslublarni inkor etib, ular ilmiy asoslangan yangilari bilan almashtiriladi.

  1. Ijtimoiy borliqning ijtimoiy ongdan birlamchi ekanligini belgilovchi qonun mehnat jamoasi, alohida mehnatkash hayotining birlamchi ekanligini ko‘rsatdi. Boshqaruvni umumlashtirish zarur bo‘lgan ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlarni aniqlashda bu qonun amal qilishini hisobga olmay amalga oshirib bo‘lmaydi.

  2. Ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga nisbatan belgilovchi ekanligini ifodalovchi qonun boshqaruv uchun katta ahamiyatga ega. Aynan boshqaruv vositasida ishlab chiqarishning ikki tomoni ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar aloqasi yuz beradi.

Falsafaning yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa qonunlari menejment metodologiyasi asosini tashkil etadi. Ular menejmentda markaziy kategoriyalar bo‘lib, uning konsepsiyasi birligini mustaxkamlash, barcha kategoriyalar o‘rtasidagi bogliqlikni aniqlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar yetakchilik qiladi. Insonlar mehnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshqarish tizimi maqsadlarni aniq belgilash, ularni amalga oshirish yullarini izlash, ular erishilgan natijalariga baxo berish, iqtisodiy samaradorligida aks etuvchi iqtisodiy qonunlar talablari aniq hisobga olish lozim.



  1. Jamiyat extiyojlarini mumkin qadar kam resurslar sarflab iloji boricha tuliq qondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iqtisodiy va ijimoiy jarayonlar, ularni amalga oshirish qonunlari bu qonunga amal qiladi, chunki u quyidagilarni ifodalaydi:

  • ishlab chiqarishning obektiv yunalishi, uning xalq farovonligini oshirish, shaxsiy har tomonlama rivojlantirishga qaratilganligini;

  • insonlar xujalik faoliyatining asosiy sabablari, umumxalq iqtisodiy manfaatlarining yetakchiligini;

  • ishlab chiqarish samaradorliginining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini.

Bozor munosabatlari sharoitida bu qonunning mazmuni har tomonlama boyib boradi.

  1. Qiymat qonuni yoki narx qonuni. Tovarlarning pulda ifodalangan qiymati narx deb ataladi. Narx esa talab va taklifga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Narx bozor barometridir: agar talab va narx yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chiqarish qisqaradi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo‘lgan holdagi narx muvozanat narxi deyiladi.

Ishlab chiqariladigan har bir tovar turi, xajmi ularga bo‘lgan ijtimoiy extiyojlarga teng bo‘lishi, ya’ni to‘lov qobiliyatiga ega talabga teng bo‘lishi kerak.

  1. Talab qonuni. Uning mazmuni shundan iboratki narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shunchalik kam bo‘ladi. Talab xaridorning to‘lov qobiliyatini ifodalaydi. Bunda talab elastikligi koeffitsiyenti qanday aniqlanishini ko‘rib chiqamiz:

talab xajmi usishi %


Ktalab elas. =
narxlarning pasayishi %

  1. Taklif qonuni. U narx ortishi bilan taklif ortishini ifodalaydi. Taklif - bu tovar va xizmatlarning narxdagi qiymatidir. Bunda taklif elastikligi koeffitsiyenti quyidagiga teng:

taklif usishi xajmi, %


K taklif.elas. = ;
narxlar usishi, %



  1. Raqobat qonunining mohiyati shundan iboratki, ya’ni raqobat sharoitida zarar keltirmay eng yaxshi natijaga ega bo‘lib bo‘lmaydi, chunki barcha tovar ishlab chiqaruvchilarning daromadi oshishi tartibini o‘rnatib bo‘lmaydi.

  1. Iste’molchi nuqtai nazaridan eng sunggi naflilik qonuni. Naflik - tovar va xizmatlar iste’molidan qoniqishni bildiradi. Umumiy naflilik ma’lum tovar va xizmat birligidan qoniqishni bildiradi; sunggi naflik - shu tovar va xizmatning yana sotib olishdan qoniqishni bildiradi.

Shunday qilib, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda iqtisodiy qonunlardan foydalanish imkoniyatlari har tomonlama kengayib boradi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin