Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə23/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90
маъруза матни Менежмент

Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish - biznes va strategik rejasini tuzish - iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo‘ljallangan yunalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi holatini ilmiy tahlil etish, extiyojlarni istiqbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni zabul qilish asosida amlaga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi resurslardan samarali foydalanish yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

  1. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo‘ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o‘zi tuliq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi kamchiligini esasarsoyaning uncha katta bo‘lmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish va boshqalarni shaxsan amalga. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o‘z bilimlarini ko‘paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o‘zgartirib borishi kerak.

Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko‘p jismoniy va xuquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul qiladilar va korxona yoki aksionerlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo‘ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan qo‘shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, xuquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporatsiya, aksionerlar jamiyati yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoklama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aksionerlar esa qo‘shimcha ravishda dividentdan soliq to‘laydilar.
Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo‘lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun tuliq javob beradi.


  1. Yüklə 1,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin