Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə25/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
маъруза матни Менежмент

Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili- mehnat unumdorligini oshirishda muhim turtki hisoblanadi va boshqaruv tizimining samaradorligini aks ettiradi. Xodimlarning sadoqati va qo‘llab-quvvatlashiga erishish maqsadida ular o‘z xizmatlari uchun, ishchilar esa bajarilgan ishning sifati va miqdori uchun adolatli tarzda haq olishlari zarur. Bundan tashqari, ma’naviy rag‘batlantirish moddiy rag‘batlantirishdan kam ahamiyatga ega emas. Rahbarning iqtidori, xodim (xodimlar, ishchilar)ning tashabbus va yutuqlarini o‘z vaqtida ilg‘ab olib, munosib baholash hamda ularni ham moddiy ham ma’naviy rag‘batlantirish tizimini mohirona qo‘llashida ko‘zga tashlanadi.

  • Tejamkorlik va samaradorlik tamoyili – bu, korxona boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tamoyildir. Bu tamoyilning mohiyati moddiy va mehnat resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p natijalarga erishish, ishlab chiqarish zahiralaridan to‘liq foydalanishda ifodalanadi. Biroq bu tamoyil istisno tariqasida qo‘llanmay, faqat korxona rahbarining emas, balki butun jamoa va birinchi o‘rinda xom ashyo va materiallardan tayyor masulot yaratuvchi ishchilarning mehnat qoidasiga aylangan taqdirdagina haqiqiy tasdig‘ini topadi.

  • Tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat -boshqaruvning muhim tamoyili bo‘lish bilan birga, korxonaning bozor tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga turtki hamdir. Umuman olganda, boshqaruv tashabbuskorliksiz, istiqbolni ko‘rmasdan, ijodiy yondashuvsiz muvaffaqiyatlarga erishishi amrimaholdir. Boshqaruv ijodiy negizni, tashabbuskorlikni korporativlik bilan bog‘lagan holda boyitadi.

    Agar korporativ ruhiyat ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jamoa uyg‘unligining natijasi, ittifoqi bo‘lsa, tashabbuskorlik faol harakatlarni anglatib, korxona jamoasiga va har bir xodimga ishlab chiqarishni rivojlantirishning turli xil dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘shimcha kuch-quvvat baxsh etadi.


    1. Yüklə 1,16 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin