Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə24/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
маъруза матни Менежмент

Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joy-jiyiga quyish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat’iy talablar qo‘yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.

  1. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun xarakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak.

  2. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o‘z faoliyati uchun javobgar bo‘lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o‘z xuquq va majburiyatlari bo‘lishi kerak.

  3. Tizimlilik va komplekslilik tamoyili ilmiylik tamoyilining davomi bo‘lish bilan birga, o‘zining mustaqil ahamiyatiga ham ega. U boshqarilayotgan tizimning vertikal va gorizontal yo‘nalishlari bo‘yicha barcha xususiyatlarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Tizimlilik va komplekslilik tamoyili boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir daqiqalik foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo‘yiladi. U ishlab chiqarishning bir maromda amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratadi.

  4. Tartib va adolat – bu, boshqaruvning har bir qadamda o‘zini eslatib turuvchi tamoyilidir. Ko‘p hollarda aynan shu tamoyilga ko‘ra korxona va uning rahbariga tavsifnoma beriladi. Korxona rahbari qanchalik bilimli va tajribali, uning kasb mahorati va madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa hamda u jamoa to‘g‘risida qanchalik ko‘p qayg‘ursa, tartib va adolat ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Qisqaroq qilib aytganda, tartib – bu, har bir kishi va hamma narsa o‘z joyida bo‘lishini, adolat esa rahmdillik va odillikning uyg‘unligini anglatadi. Boshqaruvning tartib va adolat tamoyili kadrlar tez-tez almashishini oldining olib, korxona obro‘sining o‘sishiga hamda bunga korxona jamosini qiziqtirishga xizmat qiladi.


  5. Yüklə 1,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin