5-Mavzu. Menejment texnologiyasi Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Rejalashtirish. Maqsadlar. Tashkil qilish. Motivatsiy. A. Maslou bo‘yicha ehtiyojlar iyerarxiyasi. Muvofiqlashtirish. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. Tashkilot va tashki muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar. Ishlab chiqarish va boshqaruv bosqichlari bo‘yicha bo‘linmalar ichidagi kommunikatsiyalar. Shaxslararo kommunikatsiyalar. Bo‘linmalar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar. Norasmiy kommunikatsiyalar. Kommunikatsion jarayon. Kommunikatsion tarmoqlarning namunalari. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish. Qarorni bajarilishi ustidan nazorat kilish, faoliyat va qarorga tuzatishlar kiritish Qarorni bajarish bo‘yicha faoliyatni baholash.
Tayanch iboralar:Motivlashtirish. Ehtiyoj. Motivlashtirishning oqilona modeli. Insoniy munosabatlarni motivlashtirish. Kompleks motivlashtirish. Rag`batlantirish va jazo strategiyasi. Ish orqali motivlashtirish. Menejarlar bilan doimiy aloqada bo`lish. Motivatsiya bosqichlari.
Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Rejalashtirish. «Funktsiya» - bu lotincha so’z bo’lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi, degan ma'nolarni bildiradi.
«Vazifa» - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi lozim bo’lgan, kuzda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab amal.
«Funktsiya» tushunchasi «vazifa» tushunchasiga nisbatan tor ma'noga ega. Zero, funktsiya faqat uz faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. «Vazifa» esa o’z faoliyati doirasidan tashqarida ham bulishi mumkin.
Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu obektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ular mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’gri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatini tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishni olaylik. Uning dastlabki bosqichida:
loyihalash,
konstruktorlik,
rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi.
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash ya'ni:
mehnat me'yorlari, materiallari sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
ishlab chiqarish vositalari, texnika,
xom -ashyo,
elektr quvvati,
transport kabi moddiy ta'minot vositalari zarur.
Shundan keyin:
kadrni tanlash, ularni joy-joyiga quyish;
mehnatni tashkil qilish;
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi.
Boshqaruv funktsiyalarining turkumlanishi boshqaruvda katta ahamiyatga ega bo’lib, sxema ko’rinishida quyidagicha ifodalanadi.
Chizma
Maqsadlar. Tashkil qilish Maqsad – bu muddao, murod yani u yoki bu nieatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini o’z orzularining o’shalishiga yo’naltiriladi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:
bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
provard natijamizni baholash meyoriniini belgilaydi va h.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’gri belgilanganligi boshqarish uchun o’ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan:
boshqaruv funktsiyalari,
boshqaruv usullari,
boshqaruvning to’zilmaviy tarkibi,
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar echiladi.
Boshqaruv maqsadiga quyiladigan talablar:
1.Maqsad bir ma'noli va aniq bulishi kerak.---Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biron yulni tanlashga ham xojat qolmaydi.
2.Maqsadni bajarish mumkin bulishi kerak---Qaysi tomonga so’zishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqchaga hech qanday shamol hamrox bo’la olmaydi.
3.Maqsad miqdoran ul-chovga ega bulishi kerak---Maqsad – bu bamisoli navbatdagi bosqichda «jang» bilan zabt qilinadigan chuqqidir. Buni zinxor unitmaslik darkor. Shu «jang»da golib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo’lgan aniq maqsadni o’z oldimizga qoyishimiz kerak. Undan ortiqcha ham, kam ham emas, vassalom.
4.Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bulmogi darkor---Miqdoran o’lchovga, me'yorga ega bulmagan maqsad – bu sarob. Bu talabga rioya qilmaslik rejalashtiril-gan maqsadning oldindan bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir.
5.Maqsad bulimlar va mas'ullar boyicha de-tallashtirilgan buli-shi kerak.---Maqsad, uni boshqarish tamoyillari provard natija barchaga tushunarli va yozma ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak.
6.Maqsad ko’p qirrali bulishi kerak.---Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas'ul shaxs boyicha batafsil taqsimlab chiqilgan bulishi lozim. Shundagina bu maqsadning ijro qilinishi daraja-sini aniq nazorat qilish mumkin.Bu – umumiy bo’lib, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bulinishi, «Maqsadlar sajarasi» («Derevo seley»)ni to’zishni talab qiladi.
Maqsad turlari 1.Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishga qarab: siyosiy maqsadlar; iqtisodiy maqsadlar; sotsial maqsadlar;ma'rifiy-ma'naviy maqsadlar; xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq.
2.Boshqaruv pogonalari (dara-jalari)ga qarab: hududiy boshqaruv maqsadlari; mamlakat maqsadlari; viloyat maqsadlari; tuman maqsadlari; qishloq maqsadlari; ishlab chiqarish maqsadlari; xalq xujaligi maqsadlari; tarmoq (sektor) maqsadlari; yakka xodim maqsadi.
3.Amalga oshirish muddatiga qarab: joriy maqsadlar; istiqboldagi maqsadlar; uzluksiz (kundalik) maqsadlar.
4.Boshqarishning sodir bulishiga qarab.fursatli maqsadlar: bir martalik maqsadlar.
5.Kutiladigan natijalarga qarab: provard maqsadlar; oraliqdagi maqsadlar; oddiy, an'anaviy maqsadlar; muammoli maqsadlar.
6.Murakkablik darajasiga qarab: innovatsion maqsadlar;