D.Mak Gredorning X va Y nazariyasi. Amerikalik olim D. Mak- Gregor (1906-1964) “insoniy munosabatlari” maktabining atoqli namoyondalaridan hisoblanadi. U inson hulq-atvorining ikki modeli, hodimning o`z mehnatiga ikki hil munosabatda bo`lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va Y (igrik) nazariyasini yaratdi.
X (iks) nazariyasiga ko`ra, namunaviy yollanma ishga – tabiatdan yalqov bo`lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo`yin tovlashga o`rinadi, unda izzattalablik , ma`suliyati sezish, fahm-farosat yetishmaydi. Bunday holatda hodimni doimo majburlash , nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo`rqitib turish zarur.
Y(igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi : yollanma ishchilar tabiatdan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o`z zimmasiga ma`suliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o`z maqsad va manfaatlariga g`oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo`lgan. Kompaniyanig siyosati va istiqboli esa hodimlarning hulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchi rag`batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko`rinishda uchramaydi.Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o`zida ham birinchi, har ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san`at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg`unlashtirishdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. “Boshqaruv” va ishlab chiqarishni boshqarish tushunchalarining mohiyatini ochib bering.
2. Ishlab chiqarishni tashkil etishda menedjmentning asosiy maqsadi qanday?
3. Korxonada xо‘jalik yuritish mexanizmi nimani anglatadi?
4. Korxona boshqaruv organlarining asosiy vazifalarini sanab bering.
5. Ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy texnik qoidalari (talablari) va ularning zamonaviy bosqichda qanday tarzda о‘zgarishini tushuntirib bering.
6. Ishlab chiqarishni boshqarishning qanday stil va usullarini bilasiz?
7. Korxonada ishlab chiqarishni boshqarishning har xil tuzilmalarini tavsiflab bering.
8. Boshqaruv organlarining korxonalardagi asosiy funksiyalarini kо‘rsatib bering.