Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə30/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
маъруза матни Менежмент

Tejamkorlik – bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligining о‘sishiga erishishdir.
Aytib о‘tish kerakki, korxona jamoasi va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yо‘l mavjud emas.
Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yuzaga keladi va hal qilinadi. Biroq bunda ham о‘zgarmas bir qoida mavjud bо‘lib, unga kо‘ra, har bir о‘zgartirish, yaxshilanish va shakl о‘zgartirishlar avvaldan о‘ylab chiqilishi hamda ilmiy jihatdan asoslab berilishi zarur. Masalan, hozirgi paytda korxonalarni boshqarishni takomillashtirishning muhim yо‘nalishlaridan biri sifatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (ABT) yaratish va amaliyotga kiritish hamda ish vaqt yо‘qotilishining oldini olish, uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanishga kо‘maklashuvchi kompyuter texnikasidan foydalanishni kо‘rsatish mumkin.
Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxonalarni boshqarishning sexsiz tuzilmasi yuqori darajada samarali bо‘lib, boshqaruvni markazlashtirishni qisqartirish hamda kichik va о‘rta korxonalarning ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv tizimini tkaomillashtirishning muhim yо‘nalishlaridan biri - korxonaning funksional xizmatlari va bо‘limlari faoliyatini ortiqcha tuzilmaviy bо‘linmalarni tugatish, xizmat kо‘rsatuvchi bо‘limlarni optimallashtirish, birlamchi hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish yо‘li orqali muvofiqlashtirishdir.
Bu yerda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning kо‘plab funksiyalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beruvchi, boshqaruvning yangi texnikasidan, ishlab chiqarish kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan turli xil hisob-kitob va tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Boshqaruv tizimini takomillashtirishda texnik vositalar, boshqaruv jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv tadqiqotlari va loyihalari о‘z-о‘zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib kelmaydi. Bu yerda kо‘p narsa insonlarning, ayniqsa, menedjerlarning faoliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Shu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi, ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa, korxonalarga boshqarishning ratsional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli о‘sishi iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yо‘naltirilishiga xizmat qiladi hamda boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi qilib belgilaydi.
Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bо‘lgan ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot kо‘rsatadiki, ijtimoiy-psixologik muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yо‘qqa chiqarishi yoki aksincha kuchaytirishi mumkin.
Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa bо‘lmagani kabi, bir-biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud bо‘lishi mumkin emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va bir vaqtda о‘zi ham boyib, unga nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali zarur bо‘lgan ishlab chiqarish ruhiyati shakllanadi va boshqaruvning maqsadli funksiyalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin