Devid Mak Kleland nazariyasi Bozor iqtisodiyoti va boshqarishning rivojlanishi bilan motivlashtirish nazariyasida asosiy ahamiyat yuqori bosqich ehtiyojlariga beriladi:
Muvaffaqiyatga intilish
Hokimiyatga intilish
Tan olinishga intilish
Frederik Gerstberg nazariyasi Frederik Gertsbergning motivatsiya nazariyasi boisiy tozalanish (motivatsionnaya gigiyena) deb yuritiladi, uning asosida qoniqish keltiruvchi mehnat ruxiy soglom bo’lishga ham hamkorlik kursatadi degan fikr yotadi.
Birinchi guruh omillar «gigiyena omillari» deb ataladi. Bu omil insonning o’zligi, ichki ehtiyojlari va atrof-muhit bilan munosabatlariga asoslanadi.
Ikkinchi guruh omillar “motivatorlar” deb ataladi. Bu omil mehnatning mazmuni va xarakteri bilan bog’liq
Viktor Vrum nazariyasi Kutish nazariyasi amerikalik ruxshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chiqilgan. Uning mohiyati shundaki, motivatsiya nafaqat extiyojni kondirishga, shuningdek maqsadga erishish uchun tanlangan xoxishga ham boglik. Kutish nazariyasida 3 ta muhim omilning o’zaro munosabati asosiy urinni tutadi:
mehnat harajatlari (MX) bilan natija (N) urtasidagi farqni kutish (MX-N);
natija (N) bilan ragbatlantirish ® urtasida farqni kutish;
rag’batlantirish kiymati (K), ya’ni qoniqishning yoki konikmaslikning nisbiy kursatkichi.
Adolatlilik nazariyasi Adolatlilik nazariyasiga binoan kishilar o’zlari erishgan rag’bat darajasini shu tizimda band bo’lgan boshqa kishilar erishgan rag’bat darajasi bilan qiyosiy taqqoslaydilar, ya’ni:
Individual daromad Boshqa shaxs daromadi
------------------------------ = ----------------------------------
Individual harajat Boshqa shaxs harajati
Dj. Adams fikricha, harajat tarkibida nafaqat xodimning mazkur ishini bajarishga sarflagan mehnati, shu bilan birga uning shu korxonada ishlagan ish staji, malaka darajasi, yoshi, sotsial mavkei kabilar ham inobatga olinadi.