Menejment ob`yekti va sub`yekti deganda nimani tushunasiz?
Menejment fani qanday usul (usul) lardan foydalanadi?
Menejment fani qanday fanlar bilan aloqador?
Boshqarish ta`limotidagi to`rtta yo`nalish (maktab) to`g`risida nimalar deya olasiz?
2-Mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. Hozirgi zamon o‘zbek menejmentining xususiyatlari. Menejmentni paydo bo‘lishi. Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi. Bozor subektlarining katta mikdorini vujudga kelishi, xajmini usishi va bozor aloqalarini kuchayishi. Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi. Yirik korporatsiyalarni paydo bulishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning mahsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari xajmi va murakkabligini ko‘payishi. Mulkni aksiyadorlar o‘rtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari.
Tayanch iboralar:Boshqaruv ta`limotlari. “Ilmiy menejment” maktabi. Teylorizm. Emerson boshqaruv tamoyillari. “Insoniy munosabatlar” maktabi. Texnokratik boshqaruv E.Meyo nazariyasi. X va YE nazariyasi “Tizimli” menejment.
Boshqarish ta`limotidagi yo`nalishlar.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib tarqalib, Y.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o`rta asr davrida Amir Temur huqumronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo`lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O`sha davr menejerlari harbiy intizomni o`rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo`rqitish , har qanday buyruq va farmonlarga so`zsiz itoat etish kabi usullarni qo`llaganlar.Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish , ulardan iloji boricha ko`proq qo`shimcha qiymat undirishning g`oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o`z qo`l ostidagilarni “qo`rquv bilan umid o`rtasida ushlash” bo`yicha boshqargani sabab bo`lgan.
Kapitalizm tuzumning boshlang`ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o`zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo`lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo`lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e`tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o`sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni har etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to`g`risidagi ilm, fan vujudga keldi.
O`sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta`limotida quyidagi to`rtta yo`nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o`zining tegishli hissasini qo`shgan (3-jadval).