Tunnellarning portallari. Tunnelning kirish va chiqish qismlari portal deb ataladi. Tunneldagi pardozlash (mustahkamlash) qatlami uning oxiriga kelib portalga aylanib ketadi. Portallarning vazifasi suv oqimining uyurmalar hosil bo’lmasdan asta-sekin tunnelga kirib kelishi va undan chiqishini ta‘minlashdir.
Portal devorlari tog’ jinslari tayanib turadigan devor vazifasini ham bajaradi. Bu devorlar faqatgina yon tomondan ta‘sir qiladigan tog’ bosimiga qarshilik qilibgina qolmay, shuningdek tunnel o’qi bo’ylab yo’nalgan bosimga ham qarshilik ko’rsatishi lozim. Portal devorlarining tog’ bosimiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati maxsus hisoblar asosida ta‘minlanadi.
Portal devorlari kanal bilan maxsus sho’ng’uvchi devorlar yordamida tutashadi. Mana shu uchastkaning ostki tomoniga o’rnatilgan so’ndirgichlar yordamida tunneldan katta tezlik bilan oqib chiqadigan suvning energiyasi so’ndiriladi. Portalning oddiy tuzilishlaridan biri 5.6-rasmda ko’rsatilgan.
5.6-rasm. Tunnel portalining joylashuvi: 1 – tunnel, 2 – portal,
3 – suv urilma, 4 – ketuvchi kanal
Ba‘zan, tunnelgan kirib keluvchi oqim sarfini rostlash maqsadida uning kirish portalida zatvorlar o’rnatiladi. Tunnel qurish ishlari irrigatsiya sohasida uchraydigan boshqa qurilishlarga nisbatan ancha murakkab va ma‘suliyatli bo’lganligi sababli, bu ishlarni ushbu qurilish turiga ixtisoslashgan tashkilotlar bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: |