Yomg’irlatib sug’orishda suv maxsus apparatlar (ular bir joyda turuvchi-qo’zg’almas yoki harakatlanuvchan bo’lishlari mumkin) yordamida sug’oriladigan maydon uzra yomg’ir ko’rinishida purkaladi. Yomg’irlatib sug’orishda faqat tuproq namlanib qolmasdan, balki o’simliklarning yer ustidagi qismi ham namlanadi. Yomg’irlatib sug’orish ham suv sarfini ancha tejash imkonini beruvchi usullarga kiradi.
12. GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI QURILISHINI TASHKILLASHTIRISH VA IQTISODIY ASOSLASH
12.1. Gidrotexnika qurilishining
o’ziga xos xususiyatlari
Gidrotexnika qurilishi mamlakatimizdagi kapital qurilishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Yangi inshootlarni barpo etish, ta‘mirlash yoki qayta qurish mobaynida bajariladigan ishlarga qurilish ishlari deyiladi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish qurilish, hamda transport mashinalarini, jixozlarini, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari bilan uzviy bogliqdir.
Gidrotexnika qurilishi mablag’ bilan asosan davlat byudjeti hisobidan ta‘minlanib, buyurtmachi vazifasini bajaruvchi tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Kichik hajmdagi ishlar boshqa manbalarning mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Qurilish ishlarini bajarish tarkibida doimiy ixtisoslashgan ishchilarga, qurilish mashinalari va jixozlariga, ishlab chiqarish bazalariga ega bulgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |